So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

13 iyu 18:05
Yangiliklar

Boshqalar

Sayyoramizning 4 mlrd aholisini o'ziga rom etgan sport turi O'zbekistonda ham ommalashadi FOTOGALEREYA

Teglar :  KriketO'zbekiston
Ushbu sport turi dunyoda ommaviyligi bo'yicha birgina futbolga yon beradi.

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev, Xalqaro kriket kengashining Osiyo mamlakatlarida kriketni rivojlantirish bo'limi boshlig'i, oliy toifali xalqaro ekspert, janob Iqbol Sikander hamda shu tashkilot menejeri Nitesha Kotariy bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari o'rtasida qisqa muloqot bo'lib o'tdi.

Ommaviyligi jihatidan futboldan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi va bugungi kunga kelib jahonning 4 milliarddan ortiq aholisining sevimli sport turiga aylangan kriket mamlakatimizda ham ommalashib bormoqda. Ayni kungacha  kriket bo'yicha 15 ta jamoa faoliyat olib bormoqda.

SHuningdek, turli sohalarda mehnat qilayotgan chet ellik mutaxassislardan iborat bo'lgan 2 ta jamoa ham shakllanib bo'lgan.

Mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan soha mutaxasislaridan iborat guruh azolari O'zbekistonda kriket sport turining rivojlanish imkoniyatlari, omma o'rtasida bu sportga bo'lgan qiziqishni o'rganishmoqda.

Safar taassurotlari hamda kriketning mamlakatimizda rivojlanish jarayonlari haqidagi xulosalar xalqaro kengash rahbariyatiga taqdim etilgach, O'zbekiston kriket federaciyasining xalqaro va Osiyo kriket kengashi azoligiga qabul qilinish masalasi ko'rib chiqiladi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing