So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

29 iyu 12:10
Yangiliklar

Formula-1

Sebastyan Fettel mavsum oxirida Formula-1dagi faoliyatini yakunlashini malum qildi

Teglar :  Sebastyan Fettel
To'rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel 2022 yilgi mavsum yakunida Formula-1dagi faoliyatini yakunlashini malum qildi.

«Oxirgi 15 yil davomida «Formula-1»da ajoyib insonlar bilan ishlash sharafiga muyassar bo'ldim. Bularning barchasi uchun ularga rahmat aytmoqchiman. Men so'nggi ikki yil davomida «Aston Martin» sharafini himoya qilib kelyapman va natijalarimiz biz kutgandek yaxshi bo'lmasada, jamoa kelgusi yillarda eng yuqori saviyada bo'lishiga ishonaman. 

Bunday ajoyib odamlar guruhi bilan ishlash menga yoqdi. Lourens, Lens, Martin, Mayk, rahbarlar, muhandislar, mexaniklar va jamoaning qolgan azolari - men ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Umid qilamanki, o'tgan yili qilgan va bu yil davom ettirayotgan ishlarim jamoa rivojiga yordam beradi. Qolgan o'nta Gran-prida bor kuchimni sarflayman.

Ketish qarori men uchun qiyin bo'ldi, bu haqda ko'p o'yladim. Yil oxirida men nimaga etibor qaratishim kerak bo'lsa shunga ko'proq vaqt ajratmoqchiman. Men ota sifatida oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazishni xohlayman.

Lekin bugun men xayrlashuv haqida gapirmoqchi emasman. Men barchaga, shu jumladan, qo'llab-quvvatlashlarsiz «Formula-1» bo'la olmaydigan muxlislarga rahmat aytmoqchiman», - deya Fettelning so'zlarini keltiradi «Aston Martin» matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Fettel to'rt marta jahon chempioni bo'lgan. Ortda qolgan 16 ta «Formula-1» mavsumida 289 ta startda u 53 marta g'alaba qozongan va 122 marta shohsupaga ko'tarilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing