So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

18 fev 19:32
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

SHahar hokimiyatida Toshkent-2025 Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Prezidentimiz 2020 yil dekabr oyida o'tkazilgan “Yoshlar forumi” va Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomalarida poytaxtimizning 2025 yil yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishi haqida alohida to'xtalib o'tgan edilar.

Davlatimiz rahbari tegishli tashkilotlarga mazkur musobaqani yuqori saviyada o'tkazish va unga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha topshiriq bergan edi. Bugun Toshkent shahar hokimiyatida Vazirlar Mahkamasi, shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasining mutasaddi rahbarlari «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlari tashkiliy masalasiga bag'ishlangan uchrashuvda ishtirok etishdi. 

Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev, Vazirlar Mahkamasi masul xodimi Rashid Tolipov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» direkciyasi direktori Oybek Kasimov va boshqa mutasaddilar qatnashishdi.

Yig'ilishda Vazirlik va Qo'mita mutasaddilari Toshkentdagi mavjud sport obektlarining hozirgi holati, ular orasida qaysilari bo'lajak musobaqani qabul qilish imkoniyatiga egaligi, qaysi sport turlari uchun inshootlar qurish lozimligi haqida malumot berishdi. SHuningdek, kun tartibidan musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlari va boshqa tashkiliy masalalar ham o'rin oldi.

Takidlash joiz, poytaxtimiz bungacha qita va jahon miqyosdagi yirik turnirlarni qabul qilgan bo'lsa-da, katta kompleks musobaqaga ilk bor mezbonlik qiladi. Bu esa muhtaram yurtboshimiz takidlaganlaridek, Yangi O'zbekistonning hozirgi imkoniyati va salohiyatini jahon hamjamiyatiga namoyish qilish uchun ayni muddao. 

Uchrashuvda hukumatimiz vakillari musobaqa tashkiliy ishlari bo'yicha barcha masalalarni hal qilishda yordam berishga tayyor ekanliklari va mazkur yirik loyiha davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanishini takidlashdi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Olimpiya Kengashining 2020 yil 16-17 dekabr kunlari O'mon Sultonligida o'tkazilgan Bosh Assambleyasida Toshkentning 2025 yil bo'lib o'tadigan yoshlar Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishi rasman elon qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing