So’nggi yangiliklar

08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0

01 apr 14:32
Yangiliklar

Sambo

SHahrisabzda faxriy sambochi To'ra Avloqulov otib ketildi

Teglar :  Sambo
Qashqadaryoda sambochi To'ra Avloqulov qo'lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etdi.


Unga o'q uzgan fuqaro hodisa joyidan qochmoqchi bo'lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz shahrida fuqaro o'ziga avvaldan tanish bo'lgan sambochi To'ra Avloqulovni otib qo'ydi. Hodisa qo'lbola usulda yasalgan qurolda sodir etilgan. 

Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga taqdim etgan malumotga ko'ra, hodisa 2024 yilning 29 mart kuni sodir bo'lgan.  

SHahrisabz shahrida yashovchi fuqaro Damas avtomobilida ketayotganda o'ziga oldindan tanish bo'lgan boshqa bir shaxsni ko'rib qolib, birgalikda kafega borgan va spirtli ichimlik istemol qilgan. Ular bir soatlardan so'ng kafedan chiqib To'ra Avloqulovni ko'rib qolgan va uni ham avtomashinaga mindirib, boshqa kafega borgan.

Fuqarolar kafeda pulni to'lash ustida tortishib qolgan. Fuqaro tanishi To'ra Avloqulovga yo'lda kelayotgan paytda 50 ming so'm pul berganini, shu bois ovqatlanish xarajatini to'liq to'lashini aytgan. U hamma pulni to'lamasligini bildirib, olgan 50 ming so'm pulini qaytarib bergan. Fuqaro pulni olmasdan, unga jahl qilib, avtomobilidan qo'lbola usulda yasalgan qurolni olib, sherigining boshiga bir marta o'q uzgan. 

Natijada, To'ra Avloqulov olgan tan jarohati oqibatida SHahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo'limiga yotqizilgan. Unga o'q uzgan fuqaro hodisa joyidan qochmoqchi bo'lib, avtomashinasi bilan ketayotganida hodisa joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan to'xtatib qolingan.

SHahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi malumotnomasida To'ra Avloqulovning tanasida og'ir ochiq teshib o'tuvchi bosh miya jarohati, bosh miya ichidagi metall va suyak parchalari, chap peshona suyagining parchalanib singan jarohati, chap qosh ustida ezilib yirtilgan ko'rinishida tan jarohatlari borligi, ahvoli o'ta og'ir darajada ekanligi qayd etilgan. U shifoxonada hayotdan ko'z yumgan.

Holat yuzasidan SHahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “d” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo'lgan usulda qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan, deyiladi Kun.uz xabarida. 

Olamsport.com malumotiga ko'ra, To'ra Avloqulov o'tgan yili Astana shahrida o'tkazilgan faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va 55-59 yoshli sport ustalari o'rtasidagi bahslarda oltin medalni qo'lga kiritgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing