So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

29 iyu 17:51
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahzodbek SHarobiddinov WBA Asia kamari sohibi!

Hozirgina Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida professional boks kechasi o'z yakuniga etdi.

FW1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz SHahzodbek SHarobiddinov (6-1) koreyalik Son Kvan Liga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raund to'liq davom etgan jangda charm qo'lqop ustamiz hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, WBA Asia kamarini qo'lga kiritdi. 

Eslatib o'tamiz, bugungi turnirda "Favzul Munavvar" promouterlik klubining barcha 5 nafar bokschisi raqiblarini mag'lub etishni uddalashdi.

Hamyurtlarimizning ishtirokini Doniyorbek Hayitaliev chiroyli g'alaba bilan boshlab berdi. 67 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz birinchi raundning o'zida asli o'zbekistonlik, hozirda Koreya Respublikasi sharafini himoya qilayotgan Abdulla Nig'matovni texnik nokautga uchratdi.

74 kg vazn toifasida kechgan 6 raundlik jangda hamyurtimiz Egamberdi Nuriddinov Koreya Respublikasi vakili Dae Xyun Baekni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi.

59 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan bokschimiz Sirojbek Ismoilov 6 raund to'liq davom etgan jangda koreyalik raqibi In Ho CHoyni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.

53.5 kg vazn toifasidagi bokschimiz Husniddin Maraimov 6 raund to'liq davom etgan jangda koreyalik In Su Jangni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing