So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

18 iyu 20:10
Yangiliklar

Engil atletika

SHarifa Davronova – Osiyoning eng yaxshi yosh engil atletikachisi!

Teglar :  SHarifa Davronova
Engil atletikaning uch hatlab sakrash yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo va jahon chempioni, Konya-2021 Islom birdamligi o'yinlari g'olibi SHarifa Davronova Osiyo engil atletika associaciyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh engil atletikachisi” deb topildi.

 Bugun Osiyo engil atletika associaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi o'rinbosari Andrey Abduvaliev ushbu sovrinni atletimizga topshirdi.

Andrey Hakimovich sportchimizni taqdirlar ekan, unga kelgusi musobaqalarda omad tiladi. Xususan, joriy yil Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkaziladigan Osiyo o'yinlarida ham barcha undan oltin medal kutayotganini qo'shimcha qildi. O'z navbatida, SH.Davronova kelgusida kattalar o'rtasida ham yil sportchisi bo'lish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Malumot uchun, joriy yil hisobidan Osiyo miqyosida yoshlar o'rtasida o'tadigan musobaqalar yakuniga etdi. Davronova 2023 yil poytaxtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 13.99 metr natija qayd etgan. Bu yil davomida nafaqat qita, balki jahon miqyosida yoshlar toifasidagi eng yuqori ko'rsatkich bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing