So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

23 may 17:32
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev: "Sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so'm ajratildi. Lekin, natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas"

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport talimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo'yicha yig'ilish o'tkazilmoqda.

So'nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so'm yo'naltirilib, 118 ta yangi yirik sport obektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta obekt rekonstrukciya qilingani takidlanli. 

Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so'm (2017 yildan 5 baravarga ko'p), shundan sport talim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so'm ajratildi.

Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar etakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o'qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo'yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berildi.

Aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.

“Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, - dedi davlat rahbari.


Sport maktablari bilan olimpiya zaxiralari kollejlari va oliy sport mahorati maktablari o'rtasida selekciya borasida uzviy “zanjir” yo'lga qo'yilmagani qayd etildi.

Misol uchun, respublikadagi 279 ta bolalar va o'smirlar sport maktabining 190 tasida 36 ta olimpiya sport turidan bor-yo'g'i 10 tasi o'rgatiladi.

Oqibatda, xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun davlat barcha tashkiliy va moliyaviy sharoitlarni yaratib berayotganiga qaramasdan, Osiyo va jahon olimpiya sporti bo'yicha chempionatlarida 5-6 nafardan sovrindor chiqmoqda, xolos.

6 ta oliy sport mahorati maktabi, 32 ta olimpiya sport federaciyasi olimpiya zaxiralari kollejlari bilan ishlashni o'z holiga tashlab qo'ygan.

Kollejlardagi 9 mingga yaqin sportchilarning 21 foizi milliy terma jamoaga kira olgan, xolos.

“Vaholanki, milliy terma jamoa tarkibini aynan shu kollejlardan chiqqan sportchilar tashkil etishi kerak emasmi? Bu masala qaysi viloyat hokimini qiynayapti?

Birorta viloyat, tuman yoki shahar hokimi sportning barcha turlari bo'yicha tizimli ishlashni yo'lga qo'ya olgani yo'q”, dedi Prezident. 

Sidney va Rio Olimpiadalarida shuhrat qozongan Andijon, Buxoro va Farg'ona boks maktablari bugungi kunga kelib natija ko'rsatmay qo'ygani takidlandi.

O'tgan yili 352 ta respublika musobaqasi o'tkazilgan bo'lsa-da, birorta hududda tuman bosqichi, 158 tasida esa viloyat bosqichi tashkil etilmagan.

“Sport vazirligini yangidan tashkil etib, vazir va o'rinbosarlariga aniq vazifalarni qo'yganman. 

Endi sportchilarni tayyorlash va selekciya qilish bo'yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi", dedi Prezident.

Eng avvalo, yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasidagi yondashuvlar o'zgartiriladi.


Yangi tizim Buxoro viloyati misolida tushuntirildi. Jumladan:

- har bir mahallada ikkita mavsumda (aprel-iyun, sentyabr-dekabr) musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija ko'rsatgan yoshlar sport bo'limi va yoshlar etakchisi tomonidan elektron ro'yxatga kiritiladi; 

- bu yoshlar viloyatdagi 19 ta sport maktabining maxsus guruhlarida (8 oygacha) murabbiylar bilan bepul shug'ullanadi;

- maxsus guruhlardagi professional sportga salohiyati bor yoshlar yo'nalishiga ko'ra viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabga qabul qilinadi (suzish, yakkakurash, o'yin turlari va engil atletika, badiiy gimnastika);

- sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi. Bundan tashqari, yaxshi natija ko'rsatgan maktab direktorlari, trenerlar va boshqa mutaxassislarga qo'shimcha 50 foizgacha ustama to'lanadi;

- jamoaviy sport turlari bo'yicha hududiy chempionatlarda sportchilari g'olib bo'lgan trenerlarga 5 foiz, respublika chempionatida – 20 foiz ustama beriladi;

- viloyatdagi sport maktablari ixtisosligiga qarab olimpiya sport turlari bo'yicha bazaga aylantiriladi.

Yig'ilishda Sportni rivojlantirish vazirligiga:

- 279 ta bolalar va o'smirlar sport maktablaridagi shart-sharoitlar va trenerlarning malakasini joyiga borib o'rganish hamda ularni olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish;

- har bir sport maktabini o'z hududidagi mahalla, maktab va texnikumlar bilan bog'lab, ularda kamida 1 tadan olimpiya sporti to'garaklarini tashkil etish;

- yil yakunigacha sportchilarni mahalladan boshlab tanlab olish bo'yicha elektron platformani ishga tushirish;   

-  natija ko'rsatgan mahallalarni rag'batlantirish tizimini joriy etish; 

- sport maktablarini tibbiy asbob-uskunalar, dori darmon va sport kiyimlari bilan taminlash uchun joriy yilda 35 milliard so'm ajratish; 

- 1 sentyabrgacha maktab, sport maktabi, kollej va oliygohlarning zallarini noolimpiya sport turlari klublariga bepul berish tartibini joriy etish topshiriqlari berildi.


Umuman, vazirlik va viloyat hokimlari yoshlarning 43 foizi (6 milliondan ortiq) ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishini taminlash bo'yicha zarur choralar ko'rishi shartligi ko'rsatildi.

Prezident yoshlarning sport maktablari bilan qamrovini 1,3 baravarga oshirib, 520 ming nafarga etkazish vazifasini qo'ydi.

Bundan tashqari, 69 ta tumandagi sport maktablarida kamida 20 ta, 47 tasida 15 ta, qolgan 91 tasida 10 ta olimpiya sport turlariga tayyorlashni yo'lga qo'yish topshirildi. 

Yil yakunigacha 508 ta mahallada ko'p funkciyali sport maydonchalarini qurishga ko'rsatma berildi.

“Yana bir bor takidlayman, yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarni ommaviy sport bilan qamrab olish – bu siyosat. 

Qoraqalpog'iston, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari bu tashabbusni qo'llab-quvvatlab, ishlarni yaxshi boshladi. 

Bugungi selektordan ayniqsa tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlari xulosa qilib, ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha ishlarni jadallashtirishi kerak. Bu borada so'rov doimiy va qattiq bo'ladi”, dedi Prezident.

Yig'ilishda sportchilarni professional tayyorlash tizimi ham to'liq qayta ko'rib chiqilishi takidlandi.

“Respublika va CHirchiq shahar olimpiya zaxiralari kollejlaridan boshqa birorta sport kolleji o'z natijasi bilan maqtana olmaydi.

Sababi, yoshlar terma jamoalarining bosh trenerlari aynan shu 2 ta kollejda faoliyat yuritadi va sport federaciyalari ham faqat ular bilan ishlashga o'rgangan”, dedi davlat rahbari.

Misol uchun, Samarqand olimpiya kolleji sport gimnastikasi, taekvondo va stol tennisi bo'yicha so'nggi 3 yilda musobaqalarda sovrinli natija ko'rsatmagan. Vaholanki, kollejda ushbu sport turlari bo'yicha 23 nafar sportchi, 3 nafar trener mavjud.

SHuningdek, hozirda olimpiya zaxiralari kollejlariga 14 yoshdan yuqori o'smirlar qabul qilinayotgani, oqibatda yoshlarni Olimpiada o'yinlariga tayyorlash 7-8 yil kech boshlanayotgani qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing