So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

29 iyu 12:50
Yangiliklar

Qilichbozlik

SHerali Nosirov Olimpiada yo'llanmasiga imkoniyatlar, o'zbek qilichbozlik maktabi va boshqalar haqida

O'z vaqtida federaciya tizimida faoliyat olib borgan, bugungi kunda CHirchiq Olimpiya zaxiralari sport kollejida yosh sportchilarga qilichbozlik sir-asrorlarini o'rgatib kelayotgan SHerali Nosirov bilan uyushtirilgan intervyuni etiboringizga havola qilamiz.

-SHerali aka, intervyuni ananaviy savol bilan boshlaymiz. O'zingiz haqingizda gapirib bering? Necha yoshdan qilichbozlik bilan shug'ullanishni boshlagansiz? Qiziqishga nima sabab bo'lgan?

-Qilichbozlik bilan shug'ullanishni 8 yoshda boshlaganman. Bolaligimda otam menga bahodirlar, ricarlar haqida ertaklar aytib berardilar. Ushbu ertaklarda ular qilichda dushmanga qarshi kurashardilar. SHundan so'ng qilich ushlagan odam men uchun ideal obrazga aylangan. Maktabda ikkinchi sinfda o'qiyotganimda sinfimizga qilichbozlik bo'yicha murabbiy Boris Sergeevich kirib kelgandilar. SHundan so'ng men qilichbozlik bilan shug'ullanishni boshlagandim.  O'z vaqtida engil atletika va boks bilan ham shug'ullangandim. Lekin, vaqt o'tganidan so'ng qilichbozlik mening sportim ekanligini tushundim. 1998 yilda men bir necha marotaba Respublika miqyosidagi turnirlarda g'oliblikni qo'lga kiritdim va Olimpiya zaxiralari bilim yurtiga (hozirgi Olimpiya zaxiralari sport kolleji) o'qishga kirdim. Undan so'ng, 2007 yilda Jismoniy tarbiya institutini tamomladim. Murabbiylik faoliyatimni esa 2004 yilda Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejida boshlaganman. 2015 yildan beri CHirchiq Olimpiya zaxiralari sport kollejida faoliyat olib bormoqdaman.


-O'zbek qilichbozlik maktabi haqida nimalar gapirib bera olasiz?

-O'zbek qilichbozlik maktabi Sobiq ittifoq paytidan beri kuchli hisoblanadi. Sobiq ittifoq mamlakatlari o'rtasidagi spartakiadada ham ko'plab yutuqlar qo'lga kiritilardi. (U paytda g'alaba qozonish juda qiyin edi). O'zbek maktabi doimo istedodlarga boy hisoblanadi.


- Nufuzli turnirlarda sovridor bo'lgan O'zbekiston qilichbozlik maktabi tarbiyalanuvchilari haqida nimalar aytib bera olasiz?

- Birinchi navbatda, Sobir Ruziev! U 5 karra dunyo kubogi sovrindori va Olimpiada kumush medali sohibi hisoblanadi. Kolaversa, Valeriy Zaxarevich 1992 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi hisoblanadi. Bundan tashqari yakinda ularning safiga ko'shilgan Oleg Sokolov Estoniyada bo'lib o'tgan Jahon kubogi chempioni bo'ldi.
SHaxsan o'zimni shogirdlarim haqida gapiradigan bo'lsam, Djeenbaev Said va Xamitov Gayratlar ikki karra Osie kumush medali sohibiga aylanganlar.


- O'zbekistonda yaqin orada yana qachon va qanday turnir bo'lib o'tadi?

- Yaqin orada Respublika miqyosidagi turnir 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'ladi. Ushbu turnir sentyabr oyida bo'lib o'tadi.


- Qilichbozlarimiz oldida turgan navbatdagi xalqaro turnir qaysi?

-Yaqin orada sablyachi kadetlarimiz Yaponiyadagi turnirda qatnashishadi. SHpaga va rapirachilarimiz Gonkongda bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etishadi.


- Sizning fikringizcha O'zbekistonda qaysi viloyat qilichbozlari etakchi hisoblanadi?

- Takidlab o'tishim lozimki, so'nggi yillarda viloyatlarda ham qilichbozlik sport turi yaxshigina o'sishga erishdi. Avvallari faqat Toshkent va Andijon viloyatlari etakchi hisoblangan bo'lsalar, bugungi kunda Buxoro, Nukus va Toshkent viloyati qilichbozlari ham o'z so'zlarini aytishga muvaffaq bo'lmoqdalar.



- Qilichbozlik sport turini rivojlantirish borasida ayni paytda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

- Bugungi kunda qilichbozlik federaciyasi tomonidan ko'p ishlar qilindi. Ular viloyatlarga va murabbiylarga sport inventarlari ajratib berishdi. Turli yosh toifalaridagi musobaqalar federaciya taqvimidagi turnirlar rejasidan o'rin oldi. Ushbu turnirlar jahon standartlariga to'g'ri keladi. Bu borada albatta yaxshi tomonga o'zgarishlar sezilmoqda.
 


- Ayni paytda CHirchiqdagi Olimpiya zaxiralari sport kollejida yosh sportchilarga qilichbozlikning sir-asrorlaridan saboq berib kelmoqdasiz. Murabbiylik faolyati qanday kechmoqda?

- Kollejda murabbiylardan faqat men faoliyat olib bormoqdaman. U erda yana yangi murabbiy uchun o'rin tashkil qilinsa ajoyib bo'lardi. CHunki, bir kishiga barcha narsa og'irlik qiladi. Umid qilamanki, yaqinda barchasi yaxshi tomonga o'zgaradi.


- SHerali aka, Sizni qilichbozlik sohasida yaxshi tahlilchi sifatida bilamiz. Aytingchi, 2018 yilda Argentinada bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Olimpiada ishtirok etish uchun yo'llanma oladigan shogirdlaringiz qatorida kimlarni ko'rsata olasiz? Umuman, Respublikamizda ushbu katta turnirda qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kirita oladigan nomzodlar bormi? Ularning imkoniyatlari qanday?

- Juda yaxshi savol. Licenziya qanday qo'lga kiritiladi? Keling, shu haqida gapirib bersam. Olimpiada o'yinlarida 12-16 nafar sportchi ishtirok etadi. Bu degani xar bir qurol turida xar bir qitadan 3-4 nafardan 2001-2003 yilda tug'ilgan sportchilar qatnashadi. Bugungi kunda shogirdim Dushanboev Jaloliddin ushbu o'yinlarga licenziyani qo'lga kiritish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. U bir necha yildan beri Osiyo CHempionatlarida ishtirok etadi. Bu yil ilk marotaba jahon chempionatida qatnashdi. Yangi tuzilgan Osiyo kadetlar reytingiga ko'ra Jaloliddin licenziyali o'rinlar uchun to'rtinchi o'rinda qayd etilgan.

Sablyachi qizlardan esa Dayibekova Zaynab (Qoraqalpog'iston) 3-o'rinni, Ismoilova Sevinch 4-o'rinni egallab, Argentina Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi o'rinlar uchun kurashmoqdalar. Ko'rib turganingizdek Olimpiada yo'llanmasiga ega bo'lish uchun imkoniyatlar etarli. Bu albatta tahlil natijalari. Lekin, barchasi 2018 yilgi o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida hal bo'ladi. Ungacha esa biz raqiblarimizni o'rgangan holda, barcha tahlillarni amalga oshirishimiz lozim. Hozirgi holat saqlanib qoladigan bo'lsa Olimpiadaga kamida bitta licenziyamiz naqd bo'ladi. Jaloliddin esa jahon chempionatida reytingini yaxshilab olsa, yo'llanmalarimiz soni ikkitaga etadi.



- Muvaffaqiyatlarimiz nimaga bog'liq?

- Muvaffaqiyat tayyorgarlikka, murabbiylarning uslubiga bog'liq. SHuningdek, sportchining xalqaro musobaqadagi tajribasiga ham ko'p narsa bog'liq. Asosiysi, Olimpiadagacha natijalarni ushlab qolish va yaxshilab qolish kerak. Albatta, sportda barcha narsa bo'lishi mumkin. Biz albatta vatanimiz uchun qo'ldan kelgan barcha ishni amalga oshirishga harakat qilamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing