So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

21 sen 10:32
Yangiliklar

Boks/MMA

SHevchenko: "U endi butun umri davomida shu xato bilan yashaydi"

UFC jangchisi Valentina SHevchenko Aleksa Grasso bilan bo'lib o'tgan chempionlik jangining so'nggi raundida 8:10 hisobida natija qayd etgan hakam Maykl Bell haqida fikr bildirdi.

"SHanba kuni aytganimdek, hammasi qandaydir ikki tomonlama bo'ldi. Bir tomondan, oktagonda qilgan ishlarimdan juda faxrlanaman. Jangning uch raundi meniki bo'lganini aniq bilaman. Bu raundlarda g'alaba qozondim. Boshqa tomondan, bazi daqiqalar butunlay adolatsiz bo'ldi. 

Albatta, oxirgi raundda 10-8 emas edi. Mayk Bell tushunarsiz ishlarni qildi va menimcha butun dunyo bunga izoh eshitishni xohlaydi. Ammo, boshqa tomondan bu men emas edim. U endi butun umr shu xato bilan yashaydi.

Nima uchun 10-8 bo'lganligi haqida hech narsa aniq bo'lmadi. Hech kim bu haqda gapirmadi va buning sababini tushuntirishgani yo'q. Go'yo uning kartochkasida men uch raundda g'alaba qozongandek bo'ldim va oxirgi raundda u: "YO Xudoyim bunga yo'l qo'ymayman! Men shunchaki fikrimni o'zgartiraman va 10-8 ball beraman" degan. 

Bizning sportimizda 10-8 hisobda jangchi hech narsa qila olmaydi. U shunchaki raqibidan qochib, omon qolishga harakat qiladi. Ammo, beshinchi raundda 10-8 noto'g'ri ekanligini ko'rasiz", - dedi SHevchenko.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing