So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

20 may 16:54
Yangiliklar

Tadbirlar

SHHTga azo davlatlarning sport masalalariga bag'ishlangan yig'ilishi samarali bo'ldi + FOTOREPORTAJ

Teglar :  SHHTO'zbekiston
Bugun Toshkent shahrida SHanxay Hamkorlik Tashkilotiga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportga masul vazirlik hamda idoralari rahbarlarining ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Sportni rivojlantirish vazirligida tashkil etilgan yig'ilishda SHHT Bosh kotibi CHjan Min ham ishtirok etdi.

SHuningdek, mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov, Rossiya Federasiyasi sport vaziri O.Matisin, Hindistonning Yoshlar va sport masalalari bo'yicha faxriy vaziri A.Singx, Qozog'iston madaniyat va sport vaziri D.Abaev, Qirg'iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri A.Jumankulov, Tojikiston Hukumati qoshidagi Yoshlar va sport qo'mitasi raisi o'rinbosari P.Sobirzoda, Pokiston Islom Respublikasi Sport kengashi prezidenti Ehsan ur-Rahmanlar ham qatnashdi.

Afsuski, yana pandemik vaziyat jiddiy tus olayotganligi bois Xitoy delegasiyasi yurtimizga kelolmadi. Tadbirda XXR nomidan Davlat sport bosh boshqarmasi direktori, Xitoy Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti CHjunven Gou onlayn tarzda ishtirok etdi.

Yig'ilishni Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov kirish so'zi bilan ocharkan, avvalo barcha delegasiyalarning rahbarlariga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. SHundan so'ng so'z navbati SHHT Bosh kotibi CHjan Minga berildi.

“Sog'lom tana mehnat va hayotning asosiy kafolatidir. Yangi koronavirus epidemiyasi bizni sog'lom turmush tarzining ahamiyati haqida yana bir bor o'ylashga majbur qildi. SHu nuqtayi nazardan, SHHTga azo davlatlar sport boshqarmalari rahbarlarining uchrashuvi mexanizmini yaratish juda dolzarb bo'lib, SHHT sport hamkorligini mustahkamlash uchun katta amaliy ahamiyatga ega, - dedi janob CHjan Min o'z nutqida. – Sport tinchlik elchisi bo'lib, u tenglik va o'zaro hurmatni targ'ib qiladi, odamlarni olg'a intilish va cho'qqilarga dadil ko'tarilish sari ruhlantiradi. Bu “SHanxay ruhi”ning o'zaro ishonch, o'zaro manfaat, tenglik, o'zaro maslahatlashuv, madaniy xilma-xillikni hurmat qilishi va umumiy rivojlanishga intilish tamoyillariga juda mos keladi. Sport har doim SHHT gumanitar sohasining muhim qismi sifatida qarab kelingan va buni O'zbekiston tomoni ham raislik davrida yuqori baholadi. O'zbekiston tomoni Prezident Mirziyoevning shaxsiy nazorati ostida SHHTga azo davlatlar gumanitar tadbirlarining yillik kun tartibini boyitib, ijobiy natijalarga erishib, qator tadbirlar o'tkazish tashabbusini ilgari surdi”.

“SHHTga azo davlatlar tarixida ilk bor o'tkazilayotgan mazkur yig'ilishga Toshkent shahri mezbonlik qilishi biz uchun katta sharaf. Ushbu uchrashuvlar sport sohasidagi keng ko'lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. SHHT sport sohasining asosiy maqsadlariga erishish va uning oldida turgan vazifalarni hal etishning asosiy omillaridan biri barqarorlik va farovonlik, sport orqali do'stlik aloqalarini mustahkamlash orqali barqaror rivojlanishni taminlashdir. O'zbekiston hukumati tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirishga katta etibor qaratilmoqda. O'tgan 5 yil ichida juda ko'p ishlar qilindi. Avvalo, mamlakatni rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqishning yangi strategiyasi ishlab chiqildi. Mamlakat hukumati tomonidan ishlab chiqilgan beshta tashabbus asos qilib olingan bo'lib, bunda sport O'zbekiston ijtimoiy siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi”, - dedi o'z maruzasida Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov.

SHuningdek, yig'ilishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Toshkent-2025 Yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda ushbu musobaqa bahonasida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining qurilishi bo'yicha taqdimot qildi.

Yig'ilishda tomonlar sport industriyasining bugungi holati hamda dunyoda davom etayotgan pandemik vaziyat faolligi sharoitida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, SHHTga azo davlatlarda sog'lom turmush tarzini yana-da keng targ'ib qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarni ko'rib chiqishdi va o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

SHuningdek, muhokamalar jarayonida tomonlar SHHTga azo davlatlar o'rtasida sportchilarni tayyorlash, aholi, xususan, yoshlarni sport va sog'lom turmush tarziga jalb etish borasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligi qayd etishdi.

SHHTga azo davlatlarda aholining barcha qatlami uchun sport bilan shug'ullanish imkoniyatini oshirish, sport anjomlari, kiyim-kechak va jihozlar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi takidlandi.

Yig'ilishda tomonlar Kunmin (XXR) va Issiqko'l viloyatida (Qirg'iziston Respublikasi) SHHT marafonlarining muntazam o'tkazilishini olqishladi. O'z navbatida tashkilotga azo davlatlar delegaciyalarining rahbarlari shu yil 27-mart kuni o'tkazilgan SHHT Toshkent yarim marafoni yuqori saviyada tashkil etilganligini etirof etishdi.

Tomonlar SHHTga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlarining navbatdagi yig'ilishini Hindistonda o'tkazish bo'yicha kelishib oldilar.

SHuning bilan SHHTga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlarining ilk yig'ilishi o'z ishini yakunladi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing