So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

14 okt 07:45
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Sinxron suzish bo'yicha hududiy murabbiylar uchun onlayn seminar o'tkazildi

O'zbekiston suv sporti turlari federaciyasi tomonidan Sportchilarning mashg'ulot jarayonida tayyorgarligi mavzusida viloyat murabbiylari va mutaxassislari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Sinxron suzish bo'yicha seminarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston suv sporti turlari federaciyasi mutasaddilari va hududiy murabbiylar ishtirok etishdi. Tadbirni pedagogika fanlari nomzodi, docent Galina Krasnova olib bordi. Mutaxassis o'z nutqida musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, sportchilarning tayyorgarligiga tasir qiluvchi omillar haqida batafsil aytib berdi. SHuningdek, Galina Krasnova bu borada bir nechta misollarni keltirib, onlayn seminar ishtirokchilari bilan bilimlarini o'rtoqlashdi.

«Murabbiylar mashg'ulotlar jarayonini doimiy ravishda kuchaytirib, sportchilarning texnik mahoratini oshirishga yordam berishlari kerak. Sportchilar umumiy bazani yaxshi o'zlashtirishi lozim, chunki har yili sinxron suzish elementlari o'zgarib, ular murakkablashadi. Ammo umumiy baza bir xil bo'lib qoladi. Agar sportchi uni yaxshi o'zlashtirsa va bu borada poydevori mustahkam bo'lsa, keyingi bosqichlar qiyin bo'lmaydi. Sportchilarni tayyorlashda psixologik jihatga ham alohida etibor qaratish zarur. Har doim sportchining o'ziga xos salohiyati borligini doimo yodda tutishimiz kerak », – dedi Galina Krasnova.

Seminar yakunida mutaxassis ishtirokchilarning bugungi mavzuga oid savollariga javob berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing