So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

04 dek 15:14
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Sinxron suzish: O'zbekiston kubogi doirasida mahorat saboqlari ham o'tkazilyapti

Teglar :  Suv sporti
SHu kunlarda poytaxtimizdagi Saxovat sport servis suzish havzasida sinxron suzish bo'yicha o'smir-yoshlar o'rtasida mamlakat kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa doirasida sinxron suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dinara Ibragimova, mahoratli trenerlar Oksana Bortnikova va Elmira Fayzullaeva boshchiligida mahorat saboqlari ham tashkil etilmoqda.

«O'zbekiston kubogi bahslarida respublikamizning turli xududlaridan kelgan ko'plab istedodli sportchilar ishtirok etishmoqda. Mahorat saboqlarini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, ular orasidan eng iqtidorli sportchilarni saralab olish va terma jamoa mashg'ulotlariga jalb etishdan iborat. Bugungi mahorat saboqlarida murabbiylar ham qatnashishdi. Biz ularga mashqlarni har tomonlama mukammal ishlab chiqish uchun aynan qaysi jihatlarga alohida etibor qaratish lozimligi haqida malumot berdik. Albatta, bu erda olingan nazariy va amaliy bilimlar murabbiylar uchun ham juda muhim. Umid qilamanki, mamlakat kubogi doirasida tashkil etilayotgan mahorat saboqlari yurtimizda sinxron suzish sport turini rivojlanishi hamda iqtidorlar safini yanada kengayishiga xizmat qiladi», - deydi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dinara Ibragimova.

O'zbekiston kubogi bahslari bugun yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing