So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

14 iyu 17:02
Yangiliklar

Eshkak eshish

Sirdaryoda Olimpiadaga yo'llanma olgan sportchi hokimlik tomonidan ham alohida 100 million so'm bilan taqdirlandi

Sirdaryolik olimpiyachilar viloyat hokimligi tomonidan 100 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Gulistonda “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o'tkazilgan “Bag'rikeng O'zbekiston – umumiy uyimiz” millatlararo do'stlik festivali doirasida o'tkazilgan tadbirlarga yuz mingdan ziyod yoshlar qatnashdi.

Festivalda turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan va tanlovlarda g'olib bo'lgan yoshlar hamda jamoalarning yutuqlari yigit-qizlarga ibrat qilib ko'rsatilgan holda ular munosib ravishda rag'batlantirildi. Xususan, Tokio-2020 Olimpiada o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgan sirdaryolik sportchilarni taqdirlash marosimi minglab yoshlar ishtirokida o'tkazildi.

Sirdaryo viloyati hokimi G'ofurjon Mirzaev tadbirda dunyoning eng nufuzli sport anjumanida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan sportchilar Server Ibragimov (o'q otish), SHahboz Xolmirzaev (akademik eshkak eshish) hamda Safina Sadullaeva (engil atletika)larni ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, ularning har biriga viloyat hokimligi tomonidan 100 million so'mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi. SHuningdek, hokim taqdirlash marosimida Olimpiada o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lib qaytgan sportchilar xonadon hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishi haqida ham elon qildi.

Malumot uchun: Tokio-2020 Olimpiadasida Sirdaryo viloyati tarixida birinchi marotaba uch nafar sirdaryolik sportchi qatnashadigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing