So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

04 iyu 22:08
Yangiliklar

Tadbirlar

Sirdaryoda Prezident topshirig'i bo'yicha tayyorlangan yangi selekcion tizim muhokama qilindi

Teglar :  MOQSirdaryo
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatining Respublikamiz hududlari bo'ylab olib borayotgan o'rganish ishlari davom etmoqda.

Bugun MOQ raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov Sirdaryo viloyatida bo'lishdi.

Xabaringiz bor, 23 may kuni davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida sport talimi va selekciya ishlarini kuchaytirish, hududlarda bu borada mutlaqo yangicha tizim yo'lga qo'yish bo'yicha topshiriqlar berilgan edi. Bugun o'tkazilgan yig'ilishda mazkur vazifalar ijrosi, uning mexanizmi bo'yicha so'z bordi.

Guliston shahar hokimiyati zalida o'tgan uchrashuvda viloyat sport boshqarmasi, sport talim muassasalari, federaciyalarning viloyat bo'limi vakillari ishtirok etishdi. Unda dastavval Azizjon Kamilov o'tkazilgan videoselektor mazmun-mohiyati, yurtboshimiz tomonidan soha rivojini yangi darajaga olib chiqish borasida berilgan vazifalar, yo'nalishlar xususida to'xtalib o'tdi. A.Kamilov so'z yakunida bu boradagi ishlarni amalga oshirishda barchadan o'z vazifalariga masuliyat bilan yondashishni so'radi.

SHundan so'ng SHerzod Tashmatov yangi tizim va uning o'ziga xosliklari haqida to'xtalib o'tdi. Malumki, ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq, musobaqalar sport turlari xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir hududning tuman va shaharlarida yosh toifalari bo'yicha zonalar va sektorlar kesimida o'tkaziladi. Bu borada dzyudo va taekvondo misolida rejadagi barcha bosqichlar tushuntirib berildi.

Iqtidorli sportchilarni selekciya qilishda ular uchun kerakli sharoitni yaratishdan tashqari, trener va hakamlik korpusi kabi yo'nalishlarni ham rivojlantirish lozim. SHu bois yangi loyihada bu mavzuga alohida to'xtalib o'tilgan. Unda yosh sportchilarni tarbiyalaydigan mutaxassislarning malakasini oshirish, musobaqalarning adolatli va shaffof bo'lishini taminlash bo'yicha qilinadigan ishlar ko'rsatilgan.

Yig'ilish davomida mazkur mexanizm bo'yicha mutaxassislarning fikrlari tinglandi, uni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar o'rganildi. Ishchi guruhning keyingi manzili Jizzax viloyati bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing