So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

27 jan 07:41
Yangiliklar

Tadbirlar

Sirdaryoda Sportni sev, sport bilan yasha! shiori ostidagi sport musobaqalari qanday tashkil etilmoqda?

Teglar :  SirdaryoSportni sev
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan Sportni sev, sport bilan yasha! shiori ostidagi ommaviy sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Sirdaryo viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostidagi ommaviy sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. 

Joriy yil 24 yanvar kuni viloyatning Mirzaobod tumani «Navro'z» mahallasida joylashgan bolalar-o'smirlar sport maktabida saralash bosqichida g'olib bo'lgan «Yangi hayot», «Oydin», «Bog'iston» va «Bahoriston» mahallasi yoshlari o'rtasida mini-futbol musobaqasining tuman miqyosida final bosqichi bo'lib o'tdi. Unda «Bog'iston» mahallasi yoshlari g'olib bo'lishdi va viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

SHuningdek, Mirzaobod tumanidagi 34-sonli umumtalim maktabida taekvondo ITF sport turi bo'yicha «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostida tuman ochiq birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada viloyatning Mirzaobod, Boyovut, Sayxunobod tumanlari hamda Guliston shahar BO'SM jamoalari qatnashdi. 

Musobaqada jami 80 nafar sportchi (shundan 12 nafari qizlar) g'oliblik uchun kurash olib borishdi. G'olib va sovrindorlar hamkor tashkilotlar, jumladan Mirzaobod tuman elektr tarmog'i hamda Mirzaobod tuman BO'SM tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing