So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 jan 11:49
Yangiliklar

Boshqalar

Sirdaryoliklar Yangi yilni ham sport bilan qarshi olishdi

Sirdaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommaviy sportga aholi va yoshlarni keng jalb etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, viloyat aholisi Yangi yilni ham ommaviy sport tadbirlari bilan qarshi oldi.

Sirdaryo viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini taminlash hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Yangi yilga sport bilan!” ommaviy sport festivali musobaqalarini tuman (shahar)larda ham uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida Guliston, Boyovut, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida mini-futbol va voleybol musobaqalari tashkil etilgan bo'lsa, Sayxunobod tumanida mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar, nuroniylar hamda xotin-qizlar o'rtasida shaxmat-shashka musobaqalari o'tkazildi.

SHuningdek, talim muassasalaridagi qishki tatil kunlarida yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish maqsadida Xovost tumanida sportning basketbol, badminton, badiiy gimnastika, boks va yakka kurash turlari bo'yicha festivallar tashkil etildi. Mazkur sport tadbirlariga 400 nafardan ortiq ishtirokchi jalb qilindi.

Mini-futbol musobaqalarida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari etakchilik qilishgan bo'lsa, voleybol bo'yicha Xalq talimi tizimi xodimlariga bas keladigan raqib topilmadi.

Sayxunobod tumanida o'tkazilgan shaxmat-shashka musobaqalarida tumanning «Do'stlik», «Paxtabod» va «Gulbuloq» mahallalari jamoalari sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Ommaviy sport tadbirlari yakunida g'olib va sovrindorlar, shu bilan birga festivalning faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda rag'batlantirildi.

Qolaversa, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qo'shma qarori ijrosini taminlash maqsadida Mirzaobod tumanida ichki ishlar xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida ularga sport formalari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing