So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

13 fev 18:36
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Sobiq do'stlar o'zaro chempionlik uchun jang qiladi. Ular bir birini doim qo'llab quvvatlagan, biroq... Ularning murabbiyi jangni ko'rishdan voz kechdi. Sababi oddiy!

UFC 258 kechasi o'zgacha kun.

Ular birgalikda sakkiz yil shug'ullanishdi

UFC 258 kechasi o'zgacha kun. Markaziy janglarda doim jangchilar o'zaro nizoda bo'lishgan, biroq 14 fevral kungi bahs bundan mustasno. Yarimo'rta vazn chempioni Kamaru Usman uzoq yillik do'sti Gilbert Bernsga qarshi bahs oli boradi. Ular uzoq yillar davomida bir biriga yordam bergan, birgalikda ikki yuz soatdan ortiq vaqt davomida sparing janglarida ishtirok etishgan. Biroq barchasi o'zgardi. Bernsning kamarga bo'lgan intilishi sababli Kamaru boshqa zalga va boshqa murabbiy qo'l ostiga borishga majbur qildi.

Usman va Berns o'zaro 200 ta raund sparing janglarida ishtirok etishgan. Ko'pchilikning fikricha Kamaru ustun!

CHempionlik jangida ko'pincha bir biriga notanish jangchilar bahs olib borishadi. Biroq bu jangda emas. Berns va Usman birgalikda 2012-2020 yillar oralig'ida birgalikda mashg'ulot olib borishdi. Ammo Gilbert Vudlini mag'lub etganidan so'ng, braziliyalik chempionlik uchun navbatdagi davogarga aylandi SHundan so'ng barchasi o'zgardi. SHundan so'ng esa Usman boshqa zalga ketish vaqti kelganini bildi va ketdi.

Berns Kamaruni qanday mag'lub etishni biladi. U bir necha marta mashg'ulotlarda raqibini taslim etgan.

Berns doim o'zining kuchiga ishonadi. U chempioning barcha kamchiligini biladi. Gilbert bir necha bor Usmanni mashg'ulotlarda taslim etganini malum qilgan. Uning asosiy kuchi bo'g'ish usulidan foydalana olishi.

«Men Usmani nozik nuqtalarini bilaman. U bilan juda ko'p mashg'ulotlarda ishtirok etganman. Asosiy kuchim qo'lni og'ritish usuli. Kamaruni shunday mag'lub etganmanmi? Men bilan zalda ishlaganlarning barchasi shunday holatga tushgan»,-dedi Gilbert Berns.



Ularning har ikkisini ham murabbiyi Genri Xuft. U jangni ko'rishni istamaydi, chunki shogirdlarini o'zaro jangini ko'rishga yuragi botina olmaydi.

«Bu biroz achchiq, chunki men Usmonning kamaridan mahrum bo'lishini xohlamayman, u ko'p ishladi va biz bunga birgalikda erishdik. Ammo men bilan birga mashg'ulotlarni davom ettirayotgan va chempion bo'lishni xohlaydigan Bernsning orzusini ham olib tashlamoqchi emasman. Men Gilbertga murabbiylikni davom ettirdim, ammo Usmon ketishga qaror qildi, garchi men undan hech qachon so'ramagan bo'lsam ham».

Huft Usmonga nisbatan hech qanday salbiy his-tuyg'ularga ega emasligini tan oladi va uni tomoshabinlar ichida ko'rishdan xursand bo'ladi. Ammo har ikkala jangchiga hurmat tufayli murabbiy turnirga bormaydi. Huft jangni umuman ko'rmaydi — natijani u Internetda ko'radi:

«Men Gilbertning kamarni qo'lga kiritganini ko'rish uchun u erda bo'lishni istardim. Buning uchun u juda ko'p mehnat qildi. Berns — yaxshi yigit — oila azosi, jamoaning ajoyib azosi. U sardorlardan biri. Ushbu jang oldidan Kamaru singari hammasi bir xil — shuningdek, ajoyib yigit. Bu ko'pchilik o'ylaganidek oson emas»,-degan Xuft.

Jangchilar uchun o'tmish qiziq emas. Gap chempionlik uchun kechmoqda va har ikkisi ham do'stlikni unutgan

Usman so'nggi ikkita jangini o'zaro dushmanlari Kolbi Kovington va Xorxe Masvidalga qarshi o'tkazdi. Kamaru har ikkisini ham yomon ko'rardi va shunga yarasha jang qilgan. Kamaruning asosiy kuchi uning chidamliligi. U UFC'dagi 12 ta jangidan 9 tasida hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan. U raqiblarini charchatadi va keyin bosim o'tkazadi.

Nima bo'lgan taqdirda ham bizni ertaga uzoq yillik do'stlarni o'zaro qarama-qarshiligini ko'ramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
13 fev 20:02:42
Mirzaev Sanjar
dustlar duwmanga aylandi
   
13 fev 19:30:34
CHELSEA2211
Murabbiyga gap yöq, ikkalasini ham birdek körarkan...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing