So’nggi yangiliklar

19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0

14 iyu 13:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Sobiq futbolchi, boks bo'yicha Osiyo chempioni bo'lgan sportchi bilan intervyu

Boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida +91 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan og'ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullajonov saytimiz ofisiga tashrif buyurdi.

Etiboringizga, sportchimiz bilan uyushtirilgan qisqa intervyuni taqdim etamiz.

O'zi haqida qisqacha

Ism sharifim - Mullajonov Lazizbek, Farg'ona shahrida yashayman. Murabbiyim SHerzod Husanov va G'anisher To'ychievlar.


Futbol va boks haqida

Bokschga kirib kelishim... Oldin to'g'risi futbolchi bo'lganman. Jamoa safida to'p tepardim. Keyinchalik, murabbiyim SHerzod Husanov sababli boksga kirib kelganman. SHu bilan boksga qiziqib, musobaqalarda g'olib bo'lib, bokschi bo'lganman.

Farg'onaning "Neftchi" jamoasida, ikkinchi liga o'yinlarida ishtirok etardim.



Boksdagi kumiri

Kumirim Roy Jons. Uning ringdagi turli rang-barang harakatlari menga yoqadi. Aynan ushbu bokschiga qarab intilaman. Ayni paytda +91 kg vazn toifasida ringda jang qilaman.


OAVni kuzatish

Albatta kuzatib boraman. Mashg'ulotlardan so'ng atrofda sodir bo'layotgan voqealardan boxabar bo'lish uchun internet tarmog'iga kirib turaman.


Sportning yana qaysi turiga qiziqadi?

Futbolga qiziqaman. Mashg'ulotlardan so'ng ham murabbiylarimiz ko'rsatmasiga ko'ra futbol, basketbol, regbi o'ynaymiz.
Boks mashg'ulotlari, haftalik yig'inlar oldidan reja tuziladi. O'sha rejadan futbol o'ynash ham o'rin olgan bo'ladi.



Kelajakdagi rejalar, niyatlar...

Har bir sportchi uchun eng katta yutuq bu Olimpiada o'yinlari g'olibligi hisoblanadi. SHu qatori mening ham maqsadim shu: Olimpiadada g'alaba qozonib, vatanimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarib yurishdir.


Sevimli ovqati: Tayyorlashni biladimi?

Osh, somsa kabi taomlarni yaxshi ko'raman. Lekin, tayyorlashni bilmayman.


Qanday qo'shiqlar tinglaydi?

O'zbekcha qo'shiqlardan SHoxruxxonning taronalarini eshitaman. Keyin, asosan jangga kayfiyat beradigan horijiy qo'shiqlar eshitaman.


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

   
14 iyu 22:25:45
I will Chempion
Bu sportchimiz boksga nechi yoshida kirib kelgan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing