So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

20 sen 00:17
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. Bugun jahon chempionatida gilamga chiqqan barcha kurashchilarimiz imkoniyatni boy berdi, Layloxon Sobirovada esa licenziya uchun imkoniyat saqlanib qoldi

Serbiyaning Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi licenzion jahon chempionati davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, bugungi kun doirasida O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar azosi gilamga chiqdi. Afsuski, Layloxon Sobirovadan bo'lak, barcha sportchilarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. Sobirova esa o'tish bosqichi orqali yo'llanma olish huquqini saqlab qoldi.

Dastlab, -97 kg vazn toifasida Magomed Ibragimov bronza medali yo'lida o'tish bosqichida Kayl Snayderga mag'lub bo'ldi.

Keyinroq, Jasmina Immaeva (-50 kg) kvalifikacion raundda rossiyalik Polina Lukina oldida ojiz qoldi. -76 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi Svetlana Oqnazarova ham ilk raunddayoq ukrainalik Anastasiya Alpeevaga mag'lub bo'ldi.

Layloxon Sobirova esa 1/16 final bosqichida qozog'istonlik Aynur Ashimovadan ustun keldi. Nimchorak finalda esa hamyurtimiz moldovalik Anastasiya Nichitaga mag'lubiyatga uchradi. Ammo, Nichita finalga qadar etib borgani uchun Layloxon o'tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Endilikda kurashchimiz ertaga ilk o'tish bahsida bolgariyalik Evelina Georgieva bilan jang qiladi.

Malumot o'rnida, ushbu jahon chempionatida mag'lub bo'lgan kurashchilarimiz endi Qirg'iziston va Turkiyada o'tkaziladigan turnirlar orqali licenziyaga ega chiqishi mumkin.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing