So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

06 mar 13:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari: “Toshkent-2025” o'yinlarida qatnashadigan yoshlar saralandi

Teglar :  Sport kurashlari
Poytaxtimizda o'smirlar o'rtasida “Toshkent-2025” yozgi Osiyo o'yinlari hamda 2026 yilgi o'smirlar Olimpiadasiga munosib sportchilarni saralash maqsadida o'tkazilgan sport kurashlari bo'yicha “Rahbar kubogi” turnirida mamlakatimizning mahoratli yosh sportchilari ishtirok etdi.

Erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” musobaqasida 264 nafar yoshlar qatnashdi. O'ziga xos yoshlik shiddati ufurib turgan bellashuvlarni 20 nafar hakamlar guruhi boshqarib bordi.  

Yunon-rum va erkin kurash bo'yicha 10 tadan vazn toifasidagi musobaqalarda o'z vaznlarida Alibek Qo'ziev, SHahboz Yarashev, Ulug'bek Rashidov, Elyorbek Tillaboev, Aslbek To'yev, Behruz Valiev, Humoyun Erkinov singari yoshlar g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi. 

Medallar jamg'arish borasida erkin va yunon-rum kurashida umumjamoada Toshkent yoshlari 1-o'rinni egallagan bo'lsa, erkin kurashda sovrinli o'rinlar Buxoro va Navoiy viloyati vakillariga, yunon-rum kurashida Farg'ona va CHirchiq shahri jamoalariga nasib etdi.  

– Musobaqalarda 250 nafardan ziyod yosh sportchilar qatnashgan bo'lsa, ularning 80 nafari sovrinli o'rinlarni egalladi. Eng muhimi, sport kurashlari bo'yicha o'nlab istedodlar kashf etildi. Aynan ushbu musobaqada mahoratini namoyish etganlar orasidan kelgusida “Toshkent-2025” Osiyo o'yinlarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoalar shakllantiriladi, – deydi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Abror Mamadaliev.  

Musobaqaning g'olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg'alar, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing