So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

29 dek 10:56
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport maktabida yil yakunlari sarhisob qilindi + FOTO

Teglar :  XorazmYil sarhisobi
Yakunlanayotgan 2020 yil pandemiya tufayli barcha jabhaga salbiy tasirini ko'rsatdi, tabiiyki, bu illat sport sohasini ham chetlab o'tmadi.

SHunga qaramay, tizim vakillari karantin talablariga rioya etib, masuliyatni qalban his qilgan holda mehnat qilishdi. Bazan sportchilarning shug'ullanishlari onlayn tarzida olib borildi. Tegishli cheklovlar bekor qilingach, mashg'ulotlar va musobaqalar o'tkazish yana yo'lga qo'yildi. Sportga oshufta hamyurtlarimiz  sport maydonlariga qaytib, bellashuvlarni boshlab yuborishdi.

Jumladan, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (SO'EAIBO'SM) tarbiyalanuvchilari nafaqat viloyat miqyosidagi musobaqalarda, respublika chempionati va birinchiliklarida ham munosib ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar safidan joy egalladilar.      

CHunonchi, sport maktabining engil atletikachilari, badminton va stol tennisi ustalari mamlakatimizda etakchilardan ekanliklarini isbotlashdi. SHuningdek, mahorat maskani sportchilari chim ustida xokkey, basketbol, futbol, voleybol, gandbol bo'yicha Xorazm viloyatining turli yoshdagi terma jamoalari safida maydonga chiqib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Ko'pchiligi O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari sharafini himoya qilishdi. Qolaversa, boshqa sport turlari bo'yicha ham etiborga molik natijalar qayd etildi. Viloyatda sport turlarini rivoji yo'lida olib borilayotgan izchil say-harakatlarga minnatdorlik ramzi sifatida O'zbekiston stol tennisi, engil atletika, gandbol va boshqa federaciyalar SO'EAIBO'SM rahbariyatiga faxriy yorliq va tashakurnoma yo'llayotgani so'zimiz tasdig'i sanaladi.

Mazkur dargohda yangi yil bayrami arafasida yil yakunlariga bag'ishlab yig'ilish o'tkazish ananaga aylangan. Tadbir chog'ida yuqori ko'rsatkichga erishgan trener va ishchi-xodimlarni rag'batlantirish yo'lga qo'yilgan. Joriy yil ham bundan mustasno bo'lmadi, albatta.

Bu yilgi tadbirda Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Nodira Jumaniyazova qatnashib, sport maktabi jamoasini yangi yil bilan muborakbod etdi.

SO'EAIBO'SM jamoasiga 2021 yilda yanada yuksak natijalar qayd etishlariga ishonch bildirib, viloyatda jismoniy tarbiya va ommaviy sportning rivoji yo'lida qo'shayotgan munosib hissasi va yuqori natijalari uchun sport maktabi direktori Jamoladdin Abdullaev, direktor o'rinbosari Azamat Ardjanov, metodistlar Vali Sultonov, Amirbek Matquliev, Anvar Alimov, Murodbek Bekchanov, trenerlar Alisher Erimov (badminton), Temur Ollaberganov (basketbol), Dilrabo Rahimova (voleybol), Mansur Bobojonov (gandbol), Alibek Ahmedov (engil atletika), SHodiyor Ataev (stol tennisi), Odilbek Davletov (tennis), Alisher Ro'zmetov (futbol), Izzat Bozorbaev (chim ustida xokkey), Yusufboy Sodiqov (shaxmat) hamda bosh hisobchi Sevara Allaberganova,   shifokor Intizor Safarovalarni boshqarma tomonidan taqdirladi.

Mubolag'a emas, o'tkazilayotgan bunday tadbirlar sport maktabi jamoasi va sportchilarini ulkan marralar sari etaklashi tabiiy. Zero, rag'bat bu faollikga etaklovchi manaviy omildir.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing