So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

09 avg 21:30
Yangiliklar

Boshqalar

Sport sohasidagi vazifalar bo'yicha axborot berildi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport sohasidagi yirik tadbirlar va rejalar haqida axborot berildi.

Yurtimizda sport ancha rivojlanib bormoqda. Futbol, voleybol, boks, kurash, shaxmat, tennis, og'ir va engil atletikalarning ko'plab turlari ommalashgan. Davlatimiz rahbari g'oyasi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yosh avlod orasida jismoniy madaniyatni yanada keng yoyishga xizmat qilmoqda. 

Taqdimotda ommaviy sport, etnosport va gimnastikani rivojlantirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. 

Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi”dagi sport turlari sonini 9 tadan 12 tagacha ko'paytirish hamda ilk bor nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida ham 5 ta yo'nalishda o'tkazish taklif qilinmoqda. Har yili Navro'z bayrami arafasida Surxondaryoda o'tkazib kelinayotgan xalqaro chavandozlar musobaqasini yurtimizning boshqa hududlarida ham tashkil qilish mo'ljallanmoqda. Yakkakurashlar bo'yicha salohiyatni to'g'ri yo'naltirish maqsadida barcha sport maktablarida qo'l jangi to'garaklarini ochish belgilanmoqda.

Malumki, 2022 yil 25 mayda Prezidentning “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilingan. Unda, jumladan, Xiva shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro etnosport festivali o'tkazilishi belgilangan.

Ilk festivalni joriy yil 7-10 sentyabr kunlari Ichan qalada o'tkazish rejalashtirilmoqda. Uning doirasida xalq o'yinlari va sport musobaqalari, hunarmandchilik ko'rgazmalari, qovun sayli, osh pishirish chempionati, sahnalashtirilgan dasturlar bo'lib o'tadi.

Davlatimiz rahbari festivalga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish, ishtirokchilar va turistlarga barcha qulayliklarni yaratish, Xiva shahrida “Xalqaro etnofestival bog'i”ni tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.


Prezidentimizning 2022 yil 23 dekabrdagi qaroriga muvofiq, gimnastika sport turlarini rivojlantirish bo'yicha ham ko'p ishlar qilinmoqda. Xususan, Nukus, Samarqand va Farg'ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilmoqda. Ular ixtisoslashtirilgan sport-talim muassasasi hisoblanadi, bitiruvchilarga murabbiy va selekcioner mutaxassisligi bo'yicha diplom beriladi. Hozirda markazlar uchun binolar qurish, rekonstrukciya qilish va jihozlash bo'yicha loyihalar ishlanmoqda. Mazkur sport muassasalari 2024/25 o'quv yilidan faoliyat boshlaydi.

Davlatimiz rahbari bu markazlarda sportchilarni tayyorlash bo'yicha eng ilg'or uslublarni joriy etish, dietologiyani rivojlantirish, o'quvchilarning qatnoviga qulaylik yaratish zarurligini takidladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing