So’nggi yangiliklar

11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0

24 jan 08:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport talim muassasalaridagi qishki attestaciya natijadorlikka xizmat qiladi

Teglar :  Sport vazirligi
SHu kunlarda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan sport-talim muassasalarida o'quvchi-sportchilarni qishki attestaciyadan o'tkazish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 22-27 yanvar kunlari mamlakatimizdagi mavjud 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida, olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida, boks bo'yicha Bahodir Jalolov va gimnastika bo'yicha Oksana CHusovitina sport mahorati maktabi hamda Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablarida tahsil olayotgan o'quvchi-sportchilar qishki attestaciyadan o'tkazilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SH.Mahmudov qishki attestaciya jarayonlarining shaffof va adolatli o'tishini ko'zdan kechirish, sportchi va murabbiylar, mutaxassislar bilan to'g'ridan to'g'ri muloqot o'tkazish, davlatimiz tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanish holatlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari uyushtirdi.

Aytish lozim, mamlakatimiz sport sharafini nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishda milliy terma jamoalarga iqtidorli yoshlarni etishtirib berayotgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda joylardagi ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatlarining ulushi katta.

O'tgan yili davlatimiz rahbarining ko'rsatmasi asosida professional sportchilar zaxirasini yanada kuchaytirish maqsadida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati yangi tizim asosida yo'lga qo'yildi.

Bundan ikki yil muqaddam Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi 9 mingga yaqin sportchilarning 21 foizi milliy terma jamoalardan joy olgan bo'lsa, joriy etilgan yangi tizim asosida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o'quvchilari kontingenti 2023 yilda 150 nafarga qisqartirilib, 450 nafarga tushirildi. Natijada ushbu sport talim maskanlarida shug'ullanayotgan 6,9 ming nafar sportchilarning 30 foizi sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalarda o'z o'rnini topdi.

Xo'sh, bu yilgi holat qanday ko'rinishni oladi? Mahoratli sportchilarni tayyorlash tizimida joriy etilgan yangi montiroing tizimi yutuqlarga xizmat qilmoqdami? 

Boshlangan qishki attestaciya sinovlari va ko'rsatkichlari ayni savollarga qisman javob berishi bilan mahoratli sportchilarni tanlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Attestaciya sport-talim muassasilarida o'quvchi-sportchilarning sport tayyorgarlik darajasi o'sib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, o'quv rejaning o'zlashtirish holati, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash bilan birga kelgusida milliy terma jamoalarga iqtidorli sportchilarni tanlash, saralash va yo'naltirish tizimlarini yaxshilashga ham xizmat qiladi.

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev tomonidan sport talimiga alohida etibolr berilayotgan bir paytda belgilangan reja asosida Sport vazirligi mutaxassislari, tajribali sport mutaxassislari tomonidan qabul qilinayotgan attestaciya jarayonlari Yangi O'zbekistonning yangi g'alabalarini taminlashga qodir “oltin avlod” vakillarining bo'y ko'rsmatishiga olib kelishi shubhasizdir.

Sport vazir o'rinbosari SHaxrullo Mahmudovning Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan sport talim muassasalaridagi attestaciya jarayonlarida bevosita ishtirok etishi hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablarining faoliyati bilan tanishib chiqishi asnosida sportchilar, ularning ota-onalari, murabbiylar bilan suhbatlari va ular  bilan o'tkaziladigan sayyor qabullar davomida ko'plab masalalar o'z echimini topishi nazarda tutilgan.

SHu o'rinda aytish lozim, bugungi kunda Sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh azolari mamlakatimizdagi mavjud Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida, olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o'tayotgan o'quvchi-sportchilarning qishki attestaciya jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda.

Sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing