So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

26 sen 11:04
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

"Sport" telekanali nima uchun Osiyo o'yinlari translyaciyasini to'liq bermayapti? Zohid Karimov javob berdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Xitoyning Xanchjou shahrida 19-Osiyo o'yinlari o'tkazilmoqda.

O'yinlarni O'zbekiston hududida namoyish etish MTRK, jumladan "Sport" telekanaliga tegishli hisoblanadi. Biroq, telekanal barcha sport turlarini, ayniqsa o'zbekistonlik muxlislar uchun qiziq bo'lgan boks, dzyudo, taekvondo, futbol kabi sport turlarini to'liq jonli efirda namoyish etmayapti.

Ushbu holat yuzasidan "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov Olamsport.com saytiga quyidagilarni malum qildi:

"Buning sabablari bor, albatta. Biz tayyor signal kelib turganida, atayin boshqa sport turlarini namoyish etadigan darajada emasmiz. 

Ikki kundan beri Xitoyda muzokaralar olib  boryapmiz. Tashkilotchilar bizga 6 ta signal berishmoqda xolos. Eng qizig'i, chim ustida xokkey, skvosh, basketbol, voleybol, kriket va bizning sportchilar ishtirok etmaydigan boshqa sport turlari translyaciyasini taqdim etishyapti. 

Sport turlari bo'yicha beriladigan signallar vaqt bilan belgilab qo'yilgan. Masalan dzyudo soat 9:00dan boshlab beriladi va biz buni namoyish etmoqdamiz. SHuningdek, taekvondo 11:00dan boshlab taqdim etilishi mumkin. Qilichbozlik ham saralash bahslarini bermayapti. Asosan kechki dasturlar signali berilmoqda. To'g'ri, kun boshida bizga kerak bo'lmagan sport turlari signali berilmoqda. Kecha biz yana o'zimizning sportchilar ishtirok etadigan signallar zarurligini malum qildik. 

Kecha futbol bo'yicha O'zbekiston - Gonkong uchrashuvini ham faqatgina yozib olingan variantini berishdi. Biz ham muxlislarning kayfiyatini ko'tarish uchun harakat qilyapmiz.

Tashkilotchilarning malum qilishicha, dzyudo va taekvondo bellashuvlarida faqatgina bitta tatami (dayan) tasvirga olinmayapti. Aynan bizga kerakli bahslar bazi holatlarda tasvirga tushmayapti. Biz esa hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslarni o'z kameralarimiz bilan translyaciya qilmoqchimiz. Hozir shuning harakatidamiz. Yana bir bor takrorlayman, biz o'zimizga o'zimiz dushman emasmiz.

Agar savollar tug'ilsa, hech qachon javob berishdan qochmaymiz", - dedi Zohid Karimov Olamsport.com saytiga bergan intervyusida. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
26 sen 17:22:20
Aziz Nabiev
Bahona qilish Hitoyda balo bormi shuyerda ham olib bersa bo'ladi.
+1   
26 sen 13:39:20
Bahromjon
Zohid Karimovni ishdan olish kerak! Bahonalar tayyor har doim! Signal yo’qmush. Qazsport kanalidan o’zlarining sportchilari efirlarini uzatib borishyapti. Xatto boks musobaqasini!
Bizning sport kanali hodimlari sayohat qilib Xitoyga ketvorishibdi. U yerdan kerekmas efirlani tayyorlagandan ko’ra, shu yerda kerakli musobaqalarni yoritish kerak! Yana o’ratada, muhim pallasida kerarkisz reklamarni to’xtatmasdan qo’yishadi. Essiz sizarga nomunosib lavozimlar!
+1   
26 sen 11:16:21
.Sherzod.
Qirg‘iz, Qozoq va Tojik sport kanallari signalni Marsdan ovotimi? Xullas sport tv reklamalar bilan soqqani qililar keyin silani itam kuzatmidi
   
26 sen 14:08:47
Jurabek Xamraev
Барчасига кулиб куйдим такрорлайман барчасига кулиб куйдим.
   
26 sen 12:29:46
Тож
Аввалроқ гаплашиб қўйиш керак эди. Ўша куни эмас!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing