So’nggi yangiliklar

14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0 09:33Муроджон Аҳмадалиев АҚШда навбатдаги жанги учун тайёргарликни бошлади + ФОТО 0 09:12Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди 0

03 apr 11:37
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Sport vaziri Samarqand viloyatida ommaviy va professional sportni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi

Teglar :  Adham Ikramov
O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov Samarqand viloyatida bo'lib, ommaviy va professional sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida Bulung'ur, Jomboy va Samarqand tumanlaridagi sport maktablarining faoliyati, "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarini tashkil etish, mazkur sport musobaqalariga uyushmagan yoshlarni qamrab olish ko'rsatkichi tahlil qilindi.

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlarini qabul qilish holati ham o'rganildi. Mazkur tadbirning ahamiyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.    

Sportchilarni nufuzli sport musobaqalarga tayyorlash, ERP sport tizimini sohaga tadbiq etish yuzasidan sportchilar va trenerlar bilan suhbatlashildi. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bajarilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida, sport maktablari hududiga daraxt ko'chatlari ekildi.

Ayni vaqtda Samarqand shahrida zamonaviy Gimnastika markazi barpo etilmoqda. Sport vaziri qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Loyihada ko'rsatilgan ishlarni sifatli va o'z vaqtida bajarilayotganiga etibor qaratildi.   

Mavjud sport obektlaridan samarali foydalanish, ularni saqlash, tamirlash, sport anjomlaridan foydalanish holati  tuman hokimlari ishtirokida ko'zdan kechirildi. Aholining jismoniy faolligini oshirish, sportchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda o'zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi. Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan masullarga zarur tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing