So’nggi yangiliklar

08:28Ўзбек миллий кураши яна бир нуфузли тадбир дастурига киритилди 0 08:05Боксчиларимиз U22 Осиё чемпионатини 20 та медаль билан якунлади 0 07:30ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди 0 19:01"Челси" 75 миллион фунтга Украина термаси футболчисини сотиб олиши мумкин 0 18:39Ўзбекистондан кейин Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасини қайси мамлакат қабул қилиши маълум 0 18:18"Ҳозир барча мен билан жанг қилишни истайди" - Василий Ломаченко 0 17:55"Ўша оқшом у барчасини йўқотганди". Лопес Ломаченкони мағлуб этган кунни эслади 0 17:32"Реал" ва "Барса"нинг собиқ мураббийи АПЛ клуби билан келишиб олди 0 17:10Волкановски Холлоуэйга қарши тўртинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:02Олимжон Назаров ва Абдурасул Исмоилов Тошкентга қайтиб келди 0 16:49Майкл Чендлер Ислам Махачев билан жанг муддати ҳақида гапирди 0 16:25Василий Ломаченко фаолиятини якунлаш ҳақида гапирди 0 16:14Astana Grand Slam учун Ўзбекистон терма жамоаси таркиби маълум 0 16:02«Манчестер Юнайтед» навбатдаги антирекордларни янгилади 0 15:41Альдо Сехудо билан жанг қилмоқчи бўлганди, аммо... 0

04 apr 09:49
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Sport vazirining navbatdagi tashrif manzili Qo'hna kent bo'ldi FOTOGALEREYA

O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov Samarqand shahridagi bir qator sport talim muassasalarida bo'ldi.

Dastlab, o'rganish ishlari Futbol akademiyasidan boshlandi. Yangidan foydalanishga topshirilgan muassasada 154 nafar yoshlar futbol bilan muntazam shug'ullanmoqda. Mazkur akademiyaning yopiq inshooti qurilishi bilan tanishilar ekan,  quruvchi tashkilot vakiliga loyihada  ko'rsatilgan ishlarni sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Engil atletika va tennisga ixtisoslashtirilgan sport maktabining zamonaviy binosi, o'yin maydonining holati o'rganib chiqildi. Tennis majmuasida jihozlash ishlarini yakuniga etkazish, binoni tez fursatda foydalanishga topshirish zarurligi takidlandi. 

Sport vaziri viloyat olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli majmuada ham bo'ldi. Viloyat yakka kurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida sportning karate WKF turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqani kuzatib bordi. 

SHuningdek, 2-son sport maktabi faoliyati bilan tanishildi. Mazkur maktabda shug'ullanayotgan badiiy gimnastikachi Vilana Svadyan bilan uchrashib, sportchining Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganini yana bir bor etirof etdi hamda unga muvaffaqiyat tiladi. 

SHuningdek, vazir tomonidan professional sportchilarni tayyorlashda murabbiylarning alohida hissasi borligi va bu borada Samarqand tajribasini ommalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing