So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 may 07:08
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami jo'natildi

Teglar :  SirdaryoSardoba
Xalqimiz boshiga jiddiy sinovlar tushayotgan shu kunlarda O'zbekiston aholisi bir yoqadan bosh chiqargan holda bu musibatlarga qarshi birlashmoqda.

Bir necha kun oldin Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham jafokash xalqimizni bir maqsad yo'lida birlashtirdi. Bu fojea O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini befarq qoldirgani yo'q.

SHu munosabat bilan, 2 may kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, sportchilar va trenerlar Sardoba fojeasida jabr ko'rgan oilalarga yordam akciyasini boshlashdi.

Ular tomonidan to'plangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigienik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Sahovat karvoni” kechaning o'zida Sirdaryo viloyatiga etkazib berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik ko'magi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuaciya qilingan yurtdoshlarimizga etkazib berildi.

SHuningdek, bu erga joylashtirilgan fojeadan jabr chekkan yurtdoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qo'llab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo'yicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

Bugun, 3 may kuni ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligining "Sahovat" akciyasi doirasida Toshkent shahrida yig'ilgan ro'zg'or buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab o'quvchilari uchun badiiy kitoblar ham o'quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Sahovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga jo'natildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing