So’nggi yangiliklar

16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0

16 iyu 16:47
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilarimizning ADAMS tizimida ishlash ko'nikmalarini oshirishga etibor kuchaymoqda

Teglar :  ADAMS
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan yirik musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarning kunlik taqvimini o'rganib borish bo'yicha ADAMS tizimi yaratilgan.

Hozirda butun dunyoda atletlarning ushbu yo'nalishda ishlash bo'yicha ko'nikmalarini oshirish yuzasidan turli dasturlar ko'rib chiqilmoqda. MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov soha mutasaddilari bilan mazkur mavzu yuzasidan uchrashuv o'tkazdi.

Unda MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov va uning maslahatchisi Iskandar Mavlyanov, O'zbekiston Milliy antidoping agentligi mutasaddilari ham ishtirok etishdi. SHerzod Rixsiboevich ADAMS tizimiga kiritilmagan yoki unda to'g'ri ishlay olmayotgan sportchilarimizga yordam berish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noxush holatlarning oldini olish muhimligini bildirdi. SHu bois ushbu masalaga jiddiy etibor qaratish lozimligini qo'shimcha qilib, ularga tizim bilan ishlash bo'yicha seminarlar tashkil etish xususida tavsiya berdi.

ADAMS tizimiga ko'ra, sportchi doping tahlillarini topshirish uchun 3 bora o'zi belgilagan joyda bo'lmasa, uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinadi. SHuni inobatga olgan holda, barcha atletlarimizni ushbu dastur bilan ishlashga o'rgatish, ularga taqdim etilayotgan farmakologik vositalarning tarkibini nazorat qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing