So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

09 iyu 06:42
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilarimizning tibbiy ko'rikdan o'tishlari uchun yangi qulayliklar yaratildi

Teglar :  Tibbiy ko'rikMOQ
Malumki, sportchilarimizning xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etishida, ularga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatning o'rni katta.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi qoshida tashkil etilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi atletlarimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qo'shimcha o'zgarishlarni amalga oshirdi.

Bu borada Markaz laboratoriyasi yangi texnika bilan boyiganini takidlash joiz. U orqali endilikda atletlarimizning umumiy qon tahlillari avvalgidan ancha ko'p parametrlarda ko'rib chiqiladi. SHuningdek, turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikdagi ishlar orqali sport genetikasi tekshiruvidagi yo'nalishlar ham ko'paydi.

MOQ rahbariyati mazkur texnikalar qanday xizmat ko'rsatayotgani o'rganish maqsadida Markaz faoliyati bilan tanishdi. RSTIAM direktori Kamol Sirojitdinov Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovga yangi jihozlarning qanday ishlashi va ularning imkoniyatlari haqida batafsil malumot berdi.

Sportchilarimiz uchun yana bir qulaylik. Endilikda ular tibbiy ko'rikdan o'tadigan asosiy yo'nalishlar bir joyda to'plandi. Ilgari atletlarimiz tor doiradagi mutaxassislar ko'rigidan o'tishgach, Markazning ko'plab qavatlarida navbatma navbat yurishar edi. Yangi o'zgarishdan so'ng laboratoriya, barcha turdagi funkcional tekshiruv xonalari bir joyda birlashtirildi.

MOQ rahbariyati sportchilarimiz uchun yaratilgan ushbu qulayliklar haqida ijobiy fikr bildirib, mazkur yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tavsiyalarini berdi. Ahamiyatlisi, ushbu tibbiy jihozlar kelgusida nafaqat sportchilar, balki hamyurtlarimiz uchun ham xizmat ko'rsatishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing