So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

03 mar 08:49
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportga yo'naltirilgan 1 so'm 7 so'm foyda keltiradi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvida barcha sohalarning rahbarlariga ertamiz egalari bilan tez-tez ko'rishib turish, ularni dardiga quloq tutish hamda muammolariga o'z vaqtida echim topish choralarini ko'rish vazifalari yuklatilgandi.

SHu maqsadda poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari bilan Toshkent shahri yoshlari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda vazir o'rinbosari Elbek SHukurov hamda Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Akromxo'ja SHodixo'jaevlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

— Hozir tilimizda "uyushmagan yoshlar" degan ibora paydo bo'ldi. Menga qolsa yoshlarga nisbatan bu tarifni ishlatmagan bo'lardim. Siz hozir kelajak ostonasida turibsiz. Har birimiz bu bosqichdan o'tganmiz. Kelajagini qurish yo'lida izlanayotgan, harakat qilayotgan va intilayotgan yoshlarni «uyushmagan», deb atamagan bo'lardim, - dedi yoshlar bilan uchrashuvda vazir o'rinbosari Elbek Habibullaevich SHukurov.

"Yaqinda Finlyandiyadagi talim tizimini o'rganish asnosida Islandiyaning yaqin tarixi bilan ham tanishib chiqdim. Malum bo'lishicha, 1992-94 yillarda bu mamlakatda 12 yoshli bolalarning 85 foizi spirtli ichimliklar istemol qilar ekan. Tasavvur qilyapsizmi? Mayli, pivoga o'xshash engil ichimlik bo'lsin, ammo baribir yosh bolalarning spirtli ichimlikka ruju qo'yishi dahshatku! 

Islandiya bu illatdan qutulish uchun talim va sportga etiborni kuchaytirdi. Natijada oradan 20 yil o'tib eng sog'lom millatlardan biriga aylandi. Uzoqqa bormaylik, futbol bo'yicha so'nggi Evropa va Jahon chempionatlarida Islandiya terma jamoasi qanaqa shov-shuv ko'targaniga hammamiz guvohi bo'ldik. Statistikaga etibor bersak, sportga sarflangan 1 so'm pul davlatga 7 so'm foyda olib keladi. 

Qanday qilib deysizmi? Agar bir xodim kasal bo'lsa, unga davlat hisobidan davolanish puli to'lab beriladi. U xodim yana shifoxonada davolanadigan bo'lsa, uning sog'ligini tiklashi ham davlat hisobidan amalga oshiriladi. Qolaversa, ish unumdorligi pasayadi. Agar o'sha xodim sog'lom bo'lsa, yuqoridagi sarf-xarajatlarga zarurat qolmaydi, ish unumdorligi yuqori bo'ladi. Bu iqtisodiyotga ham foyda keltiradi. SHuningdek, uning baxtlilik indeksi yuqori bo'ladi", deb aytib o'tdi vazir o'rinbosari.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi qariyb yuz nafar yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qildi. Jumladan, Mirzo Ulug'bek tumani "Yuzrabot" mahallasida istiqomat qiluvchi Jahongir ismli o'smir ilgari uyi oldida oddiy turnik va brus bo'lgani, yoshlar unda mashq qilishib o'z sog'ligini tiklashgani, ammo aytarli jiddiy sababsiz ular buzib tashlangani va endi yoshlar bo'sh vaqtini qanday o'tkazishni bilmay qiynalayotganini aytib,bu borada vazirlik rahbariyatidan amaliy yordam so'radi.

— Albatta bunday muammolar yo'q emas, deylik Toshkent shahrida so'nggi 2-3 yilda qanchadan qancha yangi uylar barpo etildi. Biroq, aholining farzandlari uchun oddiy bog'cha yoki maktab inobatga olinmagan. Endi biz shunday loyihani ilgari suryapmiz va bu taklif hukumatimiz tomonidan ham maqullandi. Bundan keyin yangi qurilayotgan uylar oldida albatta aholi uchun velosayr va piyoda yurish uchun yo'lakchalar inobatga olinadi, - dedi vazir o'rinbosari E.SHukurov.

Tadbir davomida yoshlarning bir qator muammolari hal qilindi va ularni qiynayotgan savollarga javob olishdi. SHuningdek, tadbir davomida Toshkent shahridagi barcha BO'SMlar ishtirokida maxsus ko'rgazmali burchak tashkil etildi.

SHu erning o'zidayoq poytaxtimizda istiqomat qiluvchi yoshlar o'zlari qiziqqan sport turi bo'yicha BO'SMlarda tashkil etilgan sport to'garaklariga azo bo'lish imkoniyati yaratildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing