So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

08 mar 07:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportni rivojlantirish vaziri soha mutaxassislari hamda sport faxriylari bilan uchrashdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Sport faxriylariMOQ
Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov soha mutaxassislari bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida yana bir uchrashuv o'tkazdi.

MOQda o'tgan tadbir uzoq yillar yurtimiz sporti rivoji yo'lida mehnat qilgan faxriylarimiz bilan tashkil etildi. Unda Adham Ikramov va uning o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Mahsitov boshchiligidagi 100 nafarga yaqin taniqli sport faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirni Oybek Kasimov olib bordi va yig'ilish kun tartibi haqida qisqacha malumot berdi. SHundan so'ng, Adham Ilhamovich asosiy mavzu yuzasidan fikr bildirdi:

“Hurmatli Prezidentimiz ushbu lavozimga tayinlanishim arafasida bir qator yo'nalishlar bo'yicha topshiriq bergan edilar. Bugun Sizlar bilan oldimizga qo'yilgan vazifalar ijrosini taminlash uchun fikr almashmoqchimiz. Davlatimiz rahbari ommaviy sport, selekciya va oliy sport yutuqlari nufuzini oshirishga katta etibor qaratmoqdalar. Hukumatimiz ham bu boradagi rejalarimizni qo'llab quvvatlayapti. Sizlardagi boy tajriba va bilim bilan uni amalga oshirishni istaymiz”, – dedi Adham Ilhamovich.

Yig'ilish davomida Sportni rivojlantirish vaziri sohada amalga oshirmoqchi bo'lgan o'zgarishlar, tashkil etiladigan fond va uning faoliyati, BO'SM va IBO'SMlar ishi hamda mutaxassislar malakasini oshirish loyihalari haqida batafsil malumot berdi. Qolaversa, yosh sportchilarimizga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish orqali parallel ravishda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashadigan avlodni hozirdan tayyorlab borish haqida to'xtalib o'tildi. SHuningdek, Bahodir Maxsitov faxriylarimiz qo'llaridan kelgancha yosh avlodga yordam berishga tayyor ekanini takidladi.

Adham Ilhamovichning malum qilishicha, tashkil etiladigan fond hisobidan faxriylarimiz viloyatlarga xizmat safariga jo'natiladi. Ular har bir tumanda yo'lga qo'yilgan ishlarni tahlil qilib, Vazirlikka bu bo'yicha o'z xulosalarini bildirishadi. SHuningdek, boy hayotiy tajribalari evaziga joylarda ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha BO'SM murabbiylari hamda o'rta maktablardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilariga o'z maslahat va tavsiyalarini berib borishadi.

Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuv sportimizdagi muammolarni bartaraf etish yo'lida faxriylarimizga kuch-g'ayrat berdi. Suhbat davomida uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar sport tibbiyoti yo'nalishini yanada rivojlantirish, sohada kadrlar malakasini oshirish, ommaviy sport targ'ibotini kuchaytirish kabi masalalar bo'yicha takliflarini bildirishdi.

 Ayniqsa, avval jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun xizmat qilgan tibbiy-sog'lomlashtirish dispanser faoliyatini qayta tiklash taklifi iliq qarshi olindi. O'z navbatida, Adham Ikramov ularni tinglab, jamoaviy muhokama orqali g'oyalarni yanada takomillashtirdi.

Yakunda har 3 oyda bir bor katta tarkibdagi faxriylarimiz bilan bugungidek yig'ilishlar o'tkazish, unda dolzarb masalalarni muhokama qilib, ularning echimi bo'yicha takliflarni tayyorlab kelish bo'yicha kelishib olindi.

Yig'ilish yakunida mutasaddilar unda ishtirok etgan faxriy ayollarni kirib kelayotgan ayyom bilan tabriklab, ularga bahor ramzi - gullar taqdim qilishdi.

Curatlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing