So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

13 jan 08:50
Yangiliklar

Tadbirlar

“Sportni sev, sport bilan yasha!” festivali Buxoroda qanday o'tkazilmoqda?

Teglar :  BuxoroSportni sev
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Respublikamiz bo'ylab ommaviy sport tadbirlari muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10 yanvar kuni start berilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi katta sport festivali barcha hududlarda o'tkazilmoqda.

Ommaviy sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini faol targ'ib qilish, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida Buxoro viloyati Kogon tumanida sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqada tumandagi mahallalardan yig'ilgan 100 nafardan ortiq yoshlar jamoalarga bo'lingan holda o'z mahallalari shanini himoya qilishdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o'tamiz, «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali dasturiga muvofiq Toshkent shahrida yanvar oyida shaxmat-shashka musobaqalari tashkil etilishi belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing