So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

29 jan 08:02
Yangiliklar

Tadbirlar

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Musobaqada Bosh vazir o'rinbosari hozir bo'ldi

Teglar :  MOQBosh vazir
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur musobaqa katta qiziqishga sabab bo'lmoqda.

Samarqandda «Sportni sev, sport bilan yasha!» Respublika ommaviy sport musobaqasining viloyat final bosqichi start oldi.

Musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduhakimov, viloyat hokimining o'rinbosari B.Nurullaev, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.Rizaev, xalq talimi boshqarmasi boshlig'i, viloyat shaxmat federaciyasi raisi Z.SHodievalar ishtirok etishdi.

Marosimda so'zga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimizda shaxmatni ommalashtirishga alohida etibor qaratilayotgani, xususan ushbu musobaqa 2021 yil 14 yanvardagi «SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Qarori ijrosini taminlashga xizmat qilishi, qolaversa shaxmatni ommalashtirish orqali mamlakatimizda sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholi qamrovini oshirishga erishilishini ham takidlashdi.

«Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostidagi ommaviy sport festivali doirasida Samarqand viloyatida yanvar oyi «SHaxmat-shashka oyligi» etib belgilangan edi. Mazkur oylik doirasida viloyat bo'yicha o'tkazilgan shaxmat musobaqasining tuman (shahar) bosqichida hududdagi 492 ta mahalladan 5 385 nafar o'g'il-qizlar g'oliblik uchun dona surishdi.

Musobaqaning tuman (shahar) bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 200 nafardan ortiq yoshlar bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida shaxmat bo'yicha o'z qobiliyatlarini namoyon etishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing