So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

08 okt 14:02
Yangiliklar

Karate, Qiziqarli!

SSSR vaqtida karate nima uchun "zapret" bo'lgandi? Ushbu sport turi bilan KGB xodimlari shug'ullanishlari mumkin edi

Teglar :  Karate
Karate - Yaponiyaning milliy sport turi.

Hozirgi vaqtda karate MMA sport turining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

SSSRga karate salkam 50 yil oldin kirib kelgan, o'n yildan so'ng esa bu sport turiga «zapret» qo'yilgan, yani taqiqlangan. Sababi bu sport turini ko'cha bolalari mukammal o'rganib olishadi va ko'cha mafiyalari paydo bo'ladi. Hukumat barcha karate mashg'ulotlarini to'xtadi, ularning hisoblashicha, ularning fikricha karate orqali mamlakatda reforma amalga oshirilishi mumkin edi.


Besh yil ichida SSSRda 12 million inson karatega qiziqib ketadi

Karate ilk bor 1964 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlariga kiritilgan. Musobaqada sportchilar jang qilishmagan faqatgina, ko'rgazmali chiqishlar ko'rsatishadi. SHunga qaramasdan, ko'pchilik bu sport turiga mehr qo'yadi.

SSSRga karateni yaponiyalik talabalar Tesuo Sato va Xasimoto Xideo olib kelgan. Xasimoto dastlab bu sport turini sambo ustasi Alkesandr Podshekoldin bilan olib boradi. Ular 60-yillarning boshida karate bo'yicha saboq berishni boshlashadi. Ilk karate sekciyasi 1969 yilda Moskva shahrida ochildi. Mashg'ulotlarda ishtirok etuvchilar soni 10 mingtadan oshib ketdi, ular esa atigi 50 nafar sportchi bilan ishlashni reja qilishgandi. 70-yillarning oxirida SSSRda 6 milliondan ortiq inson karate bilan shug'ullana boshladi.



Eng kuchli karate ustalari kriminalga kiradi

80-yillarning boshida karateni SSSRda taqiqlash kerakligi borasida xabar chiqadi. CHunki barcha mashg'ulotlar pulli, shuningdek, yosh avlodning miyasiga zarar beradi deb takidlashdi. Lekin bu gap so'zlar orqali shunday yirik sport turini yopib bo'lmasdi. O'sha vaqtda «XX asr Qaroqchilari» deb nomlangan film chiqdi va bu filmdan so'ng karate ixlosmandlari yanada ko'payib ketdi.

80-yillarning oxirida ko'cha bezorilari ko'payib ketdi, ularning asosiy sport uslublari karate edi. 1981 yilda «Sovet sporti» gazetasida karateni yo'qotish kerakligi to'g'risida maqola chiqadi, bu maqola esa tepadagi «kattakon»lardan biriga etib boradi va bu sportni yo'qotish kerakligini buyuradi.

Bu fikrlardan bir yil o'tib, SSSRda karate bilan shug'ullanganlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo'ldi. Moddada yozilishicha, karate bilan shug'ullanganlar besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan. Bunday modda bilan o'sha vaqtning eng kuchli ikki murabbiyi Aleksey SHturmin va Vladimir Gusevlar ham hibsga olinishdi. Gusevga besh yil berildi, SHturmin esa sakkiz yilga qamaladi.


SSSR parchalanishdan avval karate qaytdi

Karatega taqiq qo'yilganidan so'ng etti yil davomida maxfiy ravishda ishlandi. O'sha vaqt ichida SSSR hududida bittagina karate mashg'uloti uchun zal bo'lgan va erda SSSR KGB vakillari shug'ullangan. Bu hudud SSSR maxfiy xizmati tomonidan qattiq qo'riqlangan.

1989 yilda karate yana SSSRda rasman qonuniy sport turi deb elon qilindi. Ilya Leonidovich Gulev SSSR karate federaciyasining rahbari deb elon qilindi.

sports.ru sayti asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing