So’nggi yangiliklar

15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0

20 mar 07:43
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi. O'zbekiston Kubogi kimga nasib etdi?

Xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida stol tennisi bo'yicha O'zbekiston Kubogi bahslari o'tkazilayotgan edi.

Kecha ushbu musobaqa o'z yakuniga etib, g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Mamlakat kubogida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 25 ta jamoa bosh sovrin uchun bahs olib bordi. 

Erkaklar o'rtasidagi hal qiluvchi final uchrashuvida Toshkent viloyati jamoasi poytaxtlik stol tennisi ustalarini 3:1 hisobida mag'lub etib, O'zbekiston Kubogi-2023 sohibiga aylanishdi. Qoraqalpog'iston va Samarqand jamoalari shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishdi. 

Ayollar o'rtasidagi musobaqada Toshkent shahri jamoasi O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. Poytaxtlik stol tennischilar murosasiz kechgan final uchrashuvida Namangan jamoasidan 3:2 hisobida ustun kelishdi. Andijon va Toshkent viloyati jamoalari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi. 

O'zbekiston Kubogi yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. Ushbu tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Akmadjon Mahmudaliev, O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari va ijrochi direktori Islomjon Bayxanov, Federaciya raisi o'rinbosarlari Bahrom Saidov, Grigoriy Xvan, Yoshlar siyosati va sport vazirligi Sirdaryo viloyati bo'limi boshlig'i Anvar Bobonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing