So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

22 dek 17:39
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Superog'ir vazn: Kim eng yaxshi bokschi bo'ladi? Yangi yilda bizni nimalar kutmoqda?

Barchaga malum, 2021 yil super og'ir vazn toifasida bo'lib o'tgan yil jangida ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik chempion Entoni Joshuani mag'lub etgandi.

Usik ushbu g'alabasi orqali, deyarli barcha kamarga ega chiqdi. Endilikda kamarlarsiz qolgan Joshua o'z titullarini va oldingi darajasini qaytarib ola biladimi? Xo'sh! Revansh bo'ladimi yoki kamarlarga ega chiqqan Usik WBC chempioni Tayson Fyuri bilan to'qnash keladimi?



2022 yil bizni nimalar kutmoqda? Og'ir vaznda kim mutlaq chempionga aylanadi? Bir jangning o'zida 4ta kamarni qo'lga kiritgan Usikmi yoki WBC kamarini Uaylderdan ximoya kilgan Fyurimi? Bu ikki chempion o'zaro to'qnash keladimi?

Usik hamda Joshua o'rtasidagi revansh jangi 2022 yilning birinchi yarmida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Joshuaning o'z uyidagi mag'lubiyatidan keyin, superog'ir vazn yanada qiziqarli tus ola boshladi. Revansh bo'lmagan taqdirda ham muxlislar zerikib qolmaydi. Bunga sabab britaniyalik yana bir jangchi - Tayson Fyuri. 

Usik Taysonga qarshi. Bu hozirgi davrning eng asosiy jangi bo'lishi mumkin. CHunki, bu jangdagi g'olib superog'ir vaznning mutlaq chempioni bo'lib, barcha kamarlarni qo'lga kiritadi va tarixda o'chmas iz qoldirish imkoniyatiga ega. 

Lekin Joshua Usik bilan revansh kilishi va kamarlarini kaytarishga harakat qilishi aniq. 


Bu holda Fyuriga raqib Aleksandr Povetkinni nokautga uchratgan Dillian Uayt bo'lishi mumkin. Uayt proffesional boksda 30 ta jang o'tkazib, shuning 19tasini nokautli g'alaba bilan tugatgan. Ikkita jangda esa imkoniyatni boy bergan. Mutlaq chempionlikni maqsad qilgan Fyuri Dillian Uayt bilan jang qilishi ehtimoli ham yo'q emas. 


Kelgusi yil superog'ir vaznda bizni aql bovar qilmas janglar kutib turgani aniq. Katta ehtimol bilan asr jangi guvohi bo'lishimiz ham mumkin. Buni vaqt ko'rsatadi.

Yangi yilda dunyoni larzaga soladigan janglarni ko'rishga tayyor turing qadrdon boks muxlislari.

Kamron Hasanov tayyorladi


Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing