So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

12 jan 14:58
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Superog'ir vaznda "asr jangi". Bokschilarga nima to'sqinlik qilyapti?

Entoni Joshuaning Kubrat Pulev ustidan qozongan g'alabasidan so'ng, ko'pchilik britaniyalik ikki bokschi (Joshua va Fyuri) o'rtasida mutlaq chempionlik jangi haqida gapira boshladi.

Ushbu bahs g'olibi superog'ir vaznning "qiroli" unvonini qo'lga kiritadi.

Professional boks olamida har ikki charm qo'lqop ustalarining obro'si juda baland. Qolaversa, barcha kamarlar birlashtirilishini inobatga olsak, tarixdagi eng serdaromad jang bo'lishi ehtimoli yuqori. Bu qanchalik haqiqat? Ushbu bellashuvga kim va nima xalaqit berishi mumkin?


Birinchisi — Deontey Uaylder

Nazariy jihatdan, dastlabki muammo Tayson Fyuri bilan revansh o'tkazish huquqi uchun sudga murojaat qilmoqchi bo'lgan Deontey Uaylderdan kelib chiqishi mumkin. Agar amerikalik charm qo'lqop ustasi sudda yutib chiqsa, Fyuri kamardan mahrum qilinishi yoki revansh jangida britaniyalikning mag'lub bo'lishi ehtimoli yo'q emas. Deontey o'zining jonajon WBC chempiolik kamarini qo'shqo'llab topshirmoqchi emas.

Ikkinchisi — Aleksandr Usik

Ukrainalik bokschi yarim og'ir vaznda mutlaq jahon chempionligini qo'lga kiritgach, barcha kamarlaridan voz kechib, superog'ir vazn toifasiga ko'tarildi. Derek CHisorani mag'lub etgach, WBO chempionlik kamariga majburiy davogarga aylandi. Bu yo'nalish chempioni Entoni Joshua ekanligini inobatga olsak, ikki bokschining o'zaro jangi o'tkazilishi mumkin. Usik faoliyatida mag'lubiyatga uchramagan va o'zi qatnashayotgan yangi divizionda ham barcha kamarlarni birlashtirmoqchi.

Uchinchisi — WBO tashkiloti

Entonini “Gypsi King” bilan bellashuvga rozi bo'lmay, undan qochib yurishda ayblayotganlar ham topiladi. Aslida esa, buning sababi uning WBOga bo'lgan sadoqati tufaylidir. Tashkilot unga Endi Ruis va Kubrat Pulevga qarshi jangni tashkil etishda ko'maklashdi. SHuning uchun majburiy davogar Usik bilan “mushtlashishga” majbur. Ukrainalik bokschi shu omillarni hisobga olgan holda, ayyorona yo'l tutgan bo'lishi ham mumkin. SHartnoma bo'yicha Joshua majburiy davogarga qarshi ringga ko'tarilishga shart.

Agar britaniyalik bokschilarning mutlaq chempionlik bahsi uchun istaklari yuqori bo'lsa, albatta, bu voqea sodir bo'ladi. Afsonaga aylanishni kim ham istamaydi deysiz?!


Vaziyatga boshqa nuqtadan qaraylik. Professional bokschilarda chempionlik kamarlaridan tashqari o'zlari uchun yana bir asosiy o'lchov bor. Bu — gonorar. Yaxshi bokschi hech qachon “pista puli”ga ringga ko'tarilmaydi. Hamma kutgan janglar qancha uzoq vaqt muhokama qilinsa, shunchalik daromadli bo'ladi. Bu omilni bokschilarning o'z  promouterlari bilan birga belgilab olgan strategiyasi sifatida qabul qilish ham mumkin. Joshuaning promouteri Eddi Xirn muzokaralar o'tkazishga tayyorligini malum qildi.


Hammani qoniqtiradigan ideal variant ham bor

Eddi Xirn Usik va Joshuaning promouteri ekanini inobatga olsak, Entonii Joshua hamda Tayson Fyuri o'rtasida mutlaq chempionlik jangini kechiktirmay o'tkazish mumkin. Yuqorida aytilganidek, ularning jarohatlanishi yoki qaysidir bokschiga mag'lub bo'lishi ehtimoli yo'q emas. SHuning uchun Aleksader Usikka kattaroq ulush taklif qilib, mutlaq jahon chempioniga qarshi ringga chiqishga ko'ndirsa bo'ladi. Biroq superog'ir vazn toifasida hali hech kim WBA, WBC, WBO va IBF kamarlarini bir vaqtning o'zida qo'lga kirita olmaganini inobatga olsak, Usikning ham bu borada o'z imzosini qoldirishga harakat qilishini-da unutmaslik kerak. 

Tayson Fyuri esa, doimgidek, o'z intervyulari orqali hamyurtining ruhini sindirishga harakat qilyapti.


Oxirgi gap

Professional boksning avvalgi darajasini qaytarish uchun azaliy raqiblar o'rtasidagi to'qnashuvlarni tez-tez tashkil etish talab qilinadi. Aks holda MMA birinchi raqamga aylanishi mumkin.


Humoyun Oripov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing