So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

18 sen 16:34
Yangiliklar

Bolalar sporti

Surxondaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sportga etibor qay darajada?

Keyingi yillarda respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham sportga bo'lgan etibor kuchaymoqda.

Har bir tumanda, mahallada sport maydonlari va inshootlari qurilmoqda. Aholi o'rtasida turli musobaqalar tashkil etilib, viloyatda jismoniy tarbiya va sportni ommalashuvi yo'lida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

SHu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar joylarda bo'lib, hududlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida o'z ish faoliyatini olib borishmoqda.

Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufida hozirgi kunda 15 ta shahar va tumanlarning hududiy bo'limlari tashkil etilgan bo'lib, ularda jami 35 nafar xodim faoliyat ko'rsatmoqda. Boshqarma tasarrufida 25 ta sport talim muassasasi faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, shundan 3tasi maktab-internat, 4tasi ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi, 17tasi bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda bittasi bolalar-o'smirlar futbol mahorati maktabidir.

Viloyatda jami 4574ta sport inshooti mavjud bo'lib, shundan 31ta o'yingoh, 3758ta sport maydonchalari, 774 ta sport zallari va 11 ta suzish xafzalari sportchi yoshlar ixtiyoriga berib qo'yilgan. SHuningdek, boshqarma tasarrufidagi sport talim muassasalarida sport turlari bo'yicha jami 525 nafar trener (shundan 116 nafari xotin-qiz) faoliyat olib borishadi. Ular viloyat bo'yicha 16463 nafar sportchiga (3540 nafari qizlar) saboq berib kelishmoqda.

Sport turlari bo'yicha viloyatda 22 ta olimpiya, 4 ta milliy, 19 ta noolimpiya sport turlari, jami 45 ta federaciya mavjud. Viloyatda 41 ta sport turi bo'yicha 8068 ta bo'lim(sekciya)larda 140 888 nafar (shundan 57 831 nafari xotin-qizlar) muntazam sport bilan shug'ullanib kelmoqda. Joriy yilda sport turlari bo'yicha 151 nafar sportchi O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan.

2020 yilning I choragi yakunlariga ko'ra viloyat sportchilari respublika, Osiyo, jahon va xalqaro turnirlarda jami 92 ta medalga (30 ta oltin, 25 ta kumush, 37 ta bronza) sazovor bo'lishdi. Jumladan, Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashish uchun surxondaryolik sportchilardan Bahodir Jalolov, Sanjar Tursunov (ikkalasi ham boks) hamda parataekvondo bo'yicha Guljanoy Naimovalar licenziyani qo'lga kiritishgan.

O'rganishlar natijasiga ko'ra, viloyatda jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish, davlat mulki bo'lgan bo'sh turgan sport obeklaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni samarali tashkil etish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni o'rganish davomida tizim muassasalarida kamchiliklar ham aniqlandi. Albatta, ish bor joyda kamchilik ham topiladi.

Viloyat bo'yicha ayrim sabablarga ko'ra 3 ta inshootning (Bandixon tumani BO'SM, Sariosiyo tumani 2-BO'SM va Boysun tumanidagi sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab–internati) kadastr xujjatlari to'liq rasmiylatirilmagani malum bo'ldi.

SHundan, Denov tumanidagi Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o'z o'quv binosiga ega emas. Muassasa tumandagi 10-ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi binosining bitta blogida 210 o'ringa mo'ljallangan binoda faoliyat yuritadi. Maktab–internat o'quvchilari shu hududda joylashgan 21-sonli MTMning 3-qavatidan kadastr xujjatlari bilan rasmiylashtirilgan holda yotoqxona sifatida foydalanishadi. Bugungi kunda Denov tumani 2020-2021 yillarda iqtisodiy rivojlantirish dasturiga tushgan bo'lib, ushbu dastur doirasida 5000 o'rinli stadion va maktab-internat uchun bino qurilishi rejalashtirilgan.

Jarqo'rg'on tumanining “Markaz” mahallasida joylashgan "Surxon" o'yingohi hududida foydalanishga yaroqsiz ochiq suzish xavzasi hamda 2 sotix bo'sh er maydoni mavjud.


SHuningdek, SHo'rchi tumani "Yosh g'ayrat" MFY hududida joylagan 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi 2005 yilda qurib foydalanishga topshirilgan. Sport maktabi er maydoni 10463,0m² bo'lib, sport zal, ochik tennis korti, basketbol, mini-futbol, voleybol, gandbol maydonlari mavjud. 2019 yilda joriy tamirlangan hamda 480,0 m² bo'sh er maydoniga ega bo'lib, qo'shimcha sport zal qurish imkoni mavjud. SHu hududdagi “Oqqo'rg'on” mahallasida joylashgan 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion hozirgi kunda qarovsiz ahvoldaligini inobaga olib, sport maktabi balansiga o'tkazish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz olimpiya zaxiralari kolleji 2004 yilda o'z ish faoliyatini boshlagan bo'lib, 2011 yilda kapital tamirlangan. Umumiy er maydoni 12337,260m² bo'lib, bugungi kunda 2178,1m² bo'sh er maydoni o'rnida kelgusida sportning kamondan otish, og'ir atletika, badminton va taekvondo VT turlari uchun maxsus zallar barpo etish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF - 5924-son Farmoni 5-ilovasiga muvofiq 2020 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari hisobidan respublika hududlarida jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish bo'yicha istiqbolli loyihalar asosida tuman (shahar)larda sport zal (boks, kurash, fitnes, gimnastika), futbol, voleybol, basketbol, badminton maydonchalari, tennis maydoni va boshqa sport obektlari, yani viloyat bo'yicha jami 30 ta loyihaga imtiyozli kreditlar ajratilishi kutilmoqda.

Qolaversa, 2020 yilda “Talim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi”, “Yoshlar haftaligi” kabi shiorlar ostida aholining keng qatlami, ayniqsa sport bilan muntazam ravishda shug'ullanmaydigan aholi qatlamlarini ommaviy sport bilan shug'ullanishlari bo'yicha kalendar rejasi tasdiqlanganligiga qaramasdan, hozirgi kunda ushbu sport tadbirlari hududiy hokimliklar tomonidan nazorat ostiga olinmaganligi hamda pandemiya holatlari sababli sportning ommaviyligini oshirish ishlari oqsoqlanib qolayotgani malum bo'ldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maxsus ishchi guruhining hududlarga tashrifi davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing