So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

09 okt 08:21
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv polochilar poytaxtda, akademik eshkak eshuvchilar esa Toshkent dengizida jam bo'lishdi

Mamlakatimizda joriy etilgan karantin talablari asta-sekin yumshatilishi bilan sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz ham o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlashmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda suv polosi hamda akademik eshkak eshish bo'yicha milliy terma jamoalarimiz navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 2 oktyabrdagi 1125-sonli buyrug'iga muvofiq 6-29 oktyabr kunlari suv polosi bo'yicha 16 nafar sportchi hamda ikki nafar trener Toshkentdagi Suv sporti turlarini rivojlantirish markazida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etishgan. Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini suv polosi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi uchun Italiyaning Triest shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi nufuzli Xalqaro turnirga puxta tayyorgarlik ko'rishiga xizmat qiladi.

24 nafar sportchi, 5 nafar trener hamda bir nafar shifokordan iborat akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkent dengizida joylashgan Suv sporti turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi tassarufidagi sport bazasida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Mazkur o'quv-mashg'ulotlar yig'ini mart oyida Tailandning Pattayya shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berish barobarida o'smirlar va yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni milliy terma jamoa safiga saralab olishga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing