So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

25 okt 07:27
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv polosi. Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTO

Kecha poytaxtimizda suv polosi bo'yicha VI o'smirlar Osiyo chempionati boshlandi.

Musobaqaning o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida 6 ta, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 4 ta jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.

Kecha poytaxtimizdagi «Suv sporti saroyi»da ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tazildi. Tadbirda Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) Prezidenti Xulio Sezar Maglione, Osiyo suzish federaciyasi Bosh kotibi Taxa Sulaymon Al-Kishri, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston suzish federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar musobaqaning ahamiyati haqida gapirishdi, qatnashchilarini tabriklab, barchaga omad tilashdi. Marosim davomida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi va poytaxtimiz ushbu musobaqani yuqori saviyada o'tkaza olishini aytib o'tdi.

«Barchangizni poytaxtimiz Toshkent shahrida ko'rib turganimizdan xursandmiz. Start olgan musobaqa davomida qitamizning etakchi jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. CHempionatning ahamiyatli tomoni shundaki, o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda muvaffaqiyatli qatnashgan 3 ta, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 2 ta jamoa 2019 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Biz ana shunday musobaqani tashkil qilish aynan O'zbekistonga ishonib topshirilganidan xursandmiz.

O'zbekiston so'nggi yillarda nafaqat qita, balki jahon miqyosidagi bir qator musobaqalarni ham yuqori saviyada o'tkaza oldi. SHuni ishonch bilan aytishim mumkinki, biz suv polosi bo'yicha Osiyo chempionatini ham eng yuqori saviyada tashkil eta olamiz», – dedi Jasur Matchanov.

SHundan so'ng o'g'il bolalar o'rtasida O'zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'yiniga start berildi.

Eslatib o'tamiz, bugun Milliy olimpiya qo'mitasida Jasur Matchanov FINA rahbari Sezar Maglione bilan uchrashuv o'tkazib, O'zbekistonda suv sporti turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing