So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

24 sen 13:52
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv polosi. O'zbekiston chempionati qizg'in davom etmoqda

Teglar :  Suv polosiNamangan
SHu kunlarda Namangan shahrida suv polosi bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida mamlakat chempionati o'tkazilmoqda.

Erkaklar jamoalari o'rtasida guruh bosqichining so'nggi tur o'yinlari o'tkazilib, o'z guruhlarida birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etgan jamoalar pley-off bosqichiga yo'llanma olishdi.

Jumladan, “A” guruhida bo'lib o'tgan uchinchi turda Namangan viloyati va Respublika oliy sport mahorati maktabi jamoalari birinchi o'rin uchun o'zaro kuch sinashdilar. Uchrashuv kutilganidek g'oyatda murosasiz ruxda kechdi. Har ikki jamoa ham suzish havzasiga faqat g'alaba ishtiyoqida tushganliklarini dastlabki daqiqalardanoq namoyish eta boshlashdi.

Qarama-qarshi xujumlar ostida kechgan o'yin 17:14 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi va ular guruh bosiqichni birinchi o'rinda yakunlashdi. Ushbu guruhda bo'lib o'tgan ikkinchi o'yinda O'zbekiston suzish federaciyasi jamoasi Farg'ona shahri jamoasini 15:2 hisobida mag'lub etishdi. 

SHu tariqa, Respublika suzish federaciyasi jamoasi guruhda uchinchi o'rinni egalladi va ular endilikda “V” guruhida uchinchi o'rinni band etgan Namangan shahri jamoasi bilan 5-6 o'rinlar uchun o'zaro kuch sinashadilar.

“V” guruhida birinchi o'rinni Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasi band etdi. So'nggi turda ular “Yoshlik” klubi ustidan 20:3 hisobida zafar quchishdi.

Ushbu guruhda ikkinchi o'rinni Toshkent shahri jamoasi egalladi. Poytaxtlik vaterpolchilar uchinchi turda Namangan shahri jamoasidan 14:9 hisobida ustun kelishdi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan uchinchi tur baxslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

IBO'SM (Namangan) – O'zbekiston suzish federaciyasi 0:17

Namangan viloyati – Toshkent shahri 8:20

Namangan shahri – Xorazm viloyati 9:3

Eslatib o'tamiz, xotin-qizlar jamoalari o'rtasidagi bahslar aylana tizimda o'tkazilyapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing