So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

22 sen 07:22
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv polosi: O'zbekiston chempionatida 2-tur o'yinlari o'tkazildi

Teglar :  Suv polosiNamangan
Namangan shahrida suv polosi bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida mamlakat chempionati bahslari o'tkazilmoqda.

Kecha musobaqada ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Erkaklar o'rtasida “A” guruhida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda Namangan viloyati terma jamoasi vaterpolchilari Farg'ona shahri jamoasi darvozasiga javobsiz 21 ta gol kiritib, to'plar nisbatiga ko'ra birinchi o'ringa ko'tarilib oldilar. Ushbu guruhda yuz foizlik ko'rsatkich bilan ikkinchi o'rinda borayotgan poytaxtning Respublika oliy sport mahorati maktabi jamoasi bu safar O'zbekiston suzish federaciyasi terma jamoasini 17:2 hisobida engishdi.

Bugun, 22-sentyabr kuni o'tkaziladigan uchinchi turda har ikki peshqadam jamoa bir-biriga ro'baro keladi.

“V” guruhida bo'lib o'tgan o'yinlar ham gollarga boy bo'ldi. Dastlabki turda Toshkent shahri jamoasidan ustun kelgan Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasi bu safar Namangan shahri jamoasidan 16:11 hisobida ustun keldi. Toshkent shahri va Namanganning “Yoshlik” jamoalari uchrashuvi esa 22:0 hisobida poytaxtlik vaterpolchilarning g'alabasi bilan yakun topdi.

Ikkinchi tur o'yinlaridan so'ng yuz foizlik ko'rsatkich bilan Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasi birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda borayotgan Toshkent shahri va Namangan shahri jamoalari hisobida bittadan g'alaba mavjud. Faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra toshkentliklar ikkinchi o'rinda borishyapti. 

Xotin-qizlar jamoalari o'rtasida o'tkazilgan 2-tur o'yinlaridan so'ng Toshkent shahri jamoasi yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Bugun bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ular Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasini 21:0 hisobida mag'lub etishdi.

Xuddi shunday hisobda Namangan viloyati vakillari Xorazm viloyati jamoasini engishdi va ular hozirda to'plar nisbatiga ko'ragina ikkinchi o'rinda borishyapti.

O'zbekiston suzish federaciyasi hamda Namangan shahri jamoalari o'rtasidagi o'yin 12:11 hisobida suzish federaciyasi jamoasining foydasiga hal bo'ldi. 

Musobaqa davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing