So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

09 iyu 08:27
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibimiz malum

Teglar :  Suv sporti
18 iyun 3 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Unda terma jamoamiz vakillari suzish, sinxron suzish va suvga sakrash dasturlarida ishtirok etishadi. O'zbekiston suzish federaciyasining malum qilishicha, terma jamoamiz quyidagi sportchilar bilan Vengriyaga yo'l oladi:

Suzish: Xurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko.

Tursunov 50 metrga batterflyay va 50 metrga erkin usullarda suzish, Tarasenko esa 100 va 200 metrlarga erkin usullarda suzish dasturida startga chiqadi.

Suvga sakrash: Botir Hasanov, Marsel Zaynetdinov, Kamronbek Xodjimov.

Hasanov va Zaynitdinov bo'lajak jahon chempionatida 10 metrdan sinxron sakrash dasturida, Xodjimov esa 3 metrli tramplindan sakrash bo'yicha o'z omadini sinab ko'radi.

Sinxron suzish: Dinara Ibragimova, Diana Oneks, Ziyodaxon Toshxo'jaeva, Anna Vashenko, Vyacheslav Rudnev.
Ibragimova hamda Rubnev birgalikda mikst dasturida, Oneks va Toshxo'jaeva duet chiqishlarida qatnashsa, Vashenko zaxira sportchisi sifatida ro'yxatdan o'tgan.

Qayd etish joiz, ushbu jahon chempionati aslida o'tgan yili Yaponiyaning Fukuoka shahrida o'tkazilishi lozim edi. Tokio-2020 Olimpiadasi 1 yilga kechiktirilgach, dunyo birinchiligi ham 2022 yilga qoldirildi. 

Biroq 2021 yil yakunida Fukuoka mamuriyati epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olmasligini bildirgach, mezbonlik Budapesht shahriga o'tdi. SHu tariqa, Vengriya poytaxti so'nggi 7 yil ichida ikkinchi bor mazkur nufuzli startni qabul qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing