So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

07 mar 19:47
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suvga sakrash. Hamyurtlarimiz Evro Osiyo kubogida sovrindor bo'lishdi

Teglar :  Suv sporti
Suvga sakrash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari birinchi bor tashkil etilgan Evro Osiyo kubogi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar safidan o'rin egallashdi.

4-6 mart kunlari Rossiyaning Saransk shahrida o'tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini to'rt nafar hamyurtimiz – bular Botir Hasanov, Marsel Zaynetdinov, Xojiakbar Fuzaylov va Egor Mishenev himoya qilishdi. Uch kun davomida o'tkazilgan musobaqalarda Botir Hasanov va Marsel Zaynetdinov dueti 10 metr balandlikdagi tramplindan sakrashda kumush medal sovrindori bo'lishdi.

Terma jamoamizning etakchi sportchilaridan biri Marsel Zaynetdinov o'n metr balandlikdagi tramplindan sakrash bo'yicha yakkalik bahslarida ham ishtirok etib, bronza medali sohibi bo'ldi. Uch metr balandlikdagi tramplindan sinxron sakrash bo'yicha o'tkazilgan musobaqada bahslarga kirishgan Xojiakbar Fuzaylov hamda Egor Mishenov juftligi yakunda uchinchi o'rinni band etishdi.

O'zbekiston suzish federaciyasi birinchi bor tashkil etilgan Evro Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrindorlar safidan o'rin egallagan sportchilarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi va bo'lajak xalqaro musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing