So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

19 iyu 01:10
Yangiliklar

Tokio-2020, Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari

Suzish bo'yicha licenzion O'zbekiston ochiq chempionatlarida sodir bo'lgan vaziyat yuzasidan rasmiy BAYONOT

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi faoliyati davomida doimo Olimpizmning ezgu g'oyalari va sportdagi halol raqobatni targ'ib qilib kelgan.

Barcha milliy federaciyalarni hamisha anti-doping va boshqa qoidalarga qatiy rioya etishga, xalqaro musobaqalarni o'tkazishda o'rnatilgan tartiblarga bo'ysunishga va ularni hurmat qilishga chaqirgan.

Turli internet nashrlarida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining taqvim rejasidan o'rin olgan bo'lib, Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) shafeligida o'tkazilgan suzish bo'yicha licenzion O'zbekiston ochiq chempionatida yuz bergan vaziyat katta muhokamalarga sabab bo'lmoqda. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi ushbu holatga o'z poziciyasini quyidagicha bildirib o'tadi:

O'zbekiston suzish federaciyasining xabar berishicha, musobaqa yakunlanganidan keyin 2021 yilning 21 aprel sanasida unda ishtirok etgan hindistonlik sportchi Likit Selvarash Prema turnir davomida nohaqlikka yo'l qo'yilgani, mahalliy sportchilarning vaqtlari noto'g'ri ko'rsatilgani haqidagi videomurojaatini “YouTube” ijtimoiy tarmog'iga joylaydi.

Qayd etish joiz, licenzion O'zbekiston ochiq chempionatlariga Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati doimiy tashrif buyurib turgan, o'z navbatida, MOQ Tezkor shtab vakili Mirsardor Alimov ham musobaqani muntazam kuzatib borgan.

Musobaqadan so'ng shu erning o'zida kichik yig'ilish tashkil etib, tayyorgarlik jarayonini yanada kuchaytirish, mashg'ulotlar sifatini oshirish bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berilgan.

Turnirlar yakunlangach, O'zbekiston suzish federaciyasi musobaqalar protokolini MOQga taqdim qilgan va unda 5 nafar atletimizning Tokio-2020 normativini bajargani ko'rsatib o'tilgan. Taqdim etilgan protokollarda belgilangan qoidalarning buzilishi, shu jumladan, keyinchalik hindistonlik suzuvchi tomonidan qayd etilgan voqea haqida malum qilinmagan.

SHuningdek, biror xorijiy delegaciya tomonidan, jumladan, Hindiston jamoasi tomonidan mazkur licenzion turnirlar bo'yicha shikoyat yoki etiroz kelib tushmagan.

SHu bilan birga, O'zbekiston suzish federaciyasining malumotiga ko'ra, FINA ushbu turnirlarda qayd etilgan natijalarni tan olmadi. O'zbekiston suzish federaciyasi bosh kotibi Alisher G'anievning so'zlariga ko'ra, FINA bu bo'yicha Toshkentga rasmiy xat jo'natmagan. Biroq O'zbekiston suzish federaciyasi bir necha bor FINAga taqdim etilgan malumotlarga aniqlik kiritish uchun xabar yo'llagan va hatto bu masala bo'yicha Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilgan.

Yakunda esa xalqaro tashkilot yo'llagan “Universal Place” asosida faqatgina 2 nafar hamyurtimiz Xurshidjon Tursunov va Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, shuningdek, O'zbekiston sport faxriylari kengashi rasmiy ravishda ushbu holat hech qanday sport tamoyillariga mos kelmasligini va Olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini malum qiladi. O'z o'rnida, boshqa federaciyalar va sport tashkilotlaridan ham belgilangan qoidalarga qatiy rioya qilishni so'raydi.

SHundan kelib chiqqan holda O'zbekiston suzish federaciyasi Prezidiumidan quyidagilarni talab qiladi:

  1. Yuqoridagi vaziyatni ko'rib chiqish, o'rganish hamda unga huquqiy baho berish uchun Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston sport faxriylari kengashi va O'zbekiston suzish federaciyasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;
  2. Xalqaro suzish federaciyasidan (FINA) licenzion musobaqada qayd etilgan natijalarning nima sababdan bekor qilingani haqidagi materiallarni taqdim qilishini so'rash;
  3. Federaciya bosh kotibi Alisher G'anievni vaqtincha o'z lavozimidan chetlatilishini.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati

O'zbekiston sport faxriylari kengashi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing