So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

04 apr 09:24
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzish bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi + FOTO

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida suzish bo'yicha 2007-2008-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida qariyb bir hafta davomida o'tkazilgan mamlakat chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Mazkur musobaqada respublikamizning deyarli barcha hududlaridan kelgan umidli, yosh sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.

Musobaqaning so'nggi kunida ishtirokchilar 100 metr masofaga batterflyay, 200 metrga brass, 400 metrga kompleks va 4x100 metrga erkin usulda suzish bo'yicha mikst musobaqasida startga chiqdi.

Takidlash joiz, chempionatning oxirgi kungi bahslari ham murosasiz kurashlarga boy tarzda kechdi. Bu ham o'z navbatida sportning ushbu turi yurtimizda yil sayin rivojlanib, iqtidorli yoshlar safi tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Bevosita natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo'yicha qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada 1-o'rinni Respublika oliy sport mahorati maktabi vakilasi Ulyana Nazmutdinova egalladi. U eng yaqin taqibchisini naqd to'rt soniyaga ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

100 metr batterflyay (qizlar):

1. Ulyana Nazmutdinova (ROSMM) – 1:10.38

2. Muslima Topvoldieva (Farg'ona) – 1:14.95

3. Munira Kenjaeva (Toshkent sh.) – 1:21.04

Xuddi shu yo'nalishda o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada esa aksincha g'oliblik uchun kurash so'nggi santimetrlarga qadar davom etdi. Yakunda navoiylik Bekpulat Abdimuratov birinchi, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi Diyor Xo'jaev esa ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka andijonlik Muhammadsodiq Maqsudov yakun yasab berdi.

100 metr batterflyay (o'smirlar):

1. Bekpulat Abdimuratov (Navoiy) – 1:03.34

2. Diyor Xo'jaev (ROZK) – 1:03.88

3. Muhammadsodiq Maqsudov (Andijon) – 1:04.81


Qolgan yo'nalishlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

200 metr brass (qizlar):

1. Mahdiya Muxtorova (Andijon) – 2:56.91

2. Viktoriya Kleshko (Sirdaryo) – 3:01.90

3. Mamura Ortiqova (Farg'ona) – 3:03.45


200 metr brass (o'smirlar):

1. Aleksey Kim (Farg'ona) – 2:30.15

2. O'ktamjon Hasanov (Buxoro) – 2:40.08

3. Muhammadislom Rahmonov (Toshkent sh.) – 2:46.08


400 metr kompleks (qizlar):

1. Mahdiya Muxtorova (Andijon) – 5:44.82

2. Iroda Bekmurodova (Andijon) – 5:48.00

3. Muslima Topvoldieva (Farg'ona) – 6:06.19


400 metr kompleks (o'smirlar):

1. Ilyas Gizov (ROSMM) – 5:10.89

2. Samir Abdujabborov (Toshkent sh.) – 5:15.10

3. Gleb Kadishev (ROZK) – 5:20.75


Estafeta 4x100 m. Erkin usul. Mikst

1. Andijon viloyati – 4:11.80

2. ROZK – 4:13.11

3. ROSMM – 4:19.73

Umumjamoa hisobida 1-o'rinni jami 39ta medal bilan (19ta oltin, 13ta kumush, 7ta bronza) Andijon viloyati vakillari qo'lga kiritishdi. Farg'onaliklar 17ta (6-6-5) medal bilan ikkinchi, ROZK jamoasi esa 15ta (3-5-7) medal bilan uchinchi bo'lishdi.

SHu tariqa, 2007-2008-yillarda tug'ilgan o'smir-qizlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati yakuniga etdi. Musobaqa so'ngida barcha g'olib va sovrindorlarga medal va diplomlar topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing