So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

28 fev 18:28
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati yakunlandi

23-27 fevral kunlari poytaxtimizda suzish bo'yicha O'zbekiston qishki ochiq chempionati o'tkazildi.

Etiborlisi, mazkur nufuzli musobaqada Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o'tkaziladigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar ham o'ynaldi.

Xalqaro suzish federaciyasi shafeligida o'tkazilgan turnirda mamlakatimiz sportchilari qatorida qo'shni Qozog'iston va Qirg'izistondan ham sportchilar qatnashishdi. Musobaqada 400 nafarga yaqin sportchi sovrinli o'rinlar hamda shu yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o'tkaziladigan III o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun bahs yuritishdi.

Qizg'in kechgan musobaqalar yakunlariga ko'ra bir yo'la besh nafar o'zbekistonlik sportchi o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarining yo'llanmalari uchun “A” normativini bajardilar.

Jumladan, 50 metr masafaga brass usulida suzishda Bibigul Minnebaeva va Aleksey Sidorchuk, 50 metr masofaga batterflyay usulida suzishda Mirsaid Mirzoitov, 50 metr masofaga erkin usulda suzish bo'yicha Natalya Kritinina hamda Muhammadjon Abdujalilov muvaffaqiyatli ishtirok etib, III o'smirlar Olimpiya o'yinlarining yo'llanmasi uchun “A” normativini bajarishdi.  

Yana bir malumot. Suzish bo'yicha O'zbekiston qishki ochiq chempionati doirasida xalqaro hakamlar seminari ham o'tkazildi. Mazkur seminarga Xalqaro suzish federaciyasining Yangi Zelandiya va Belarus davlatlaridan taklif etilgan etakchi mutaxassislari rahbarlik qilishdi.

Xalqaro hakamlar seminarida O'zbekistondan 14 nafar, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari va Indoneziya davlatlaridan hakamlar ishtirok etib, nazariy va amaliy bilimlarini yanada toblab olishdi.

Ikki kunlik seminar yakunlariga ko'ra, hakamlarga Xalqaro suzish federaciyasining mahsus sertifikatlari beriladi. Ushbu seminarda qatnashgan hakamlar endi xalqaro musobaqalarda hakamlik qilishlari mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing