So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

13 sen 14:23
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzish. Hamyurtlarimiz dastlabki yo'nalishlar bo'yicha kuchli uchlikda borishyapti

Teglar :  Suzish
Poytaxtimizda suv sporti turlarining yosh toifalari bo'yicha o'tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida suzish hamda suvga sakrash bo'yicha musobaqalar yakuniga etdi.

Etiborlisi, har ikki musobaqada ham mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etib, jami 40 ta medalga sazovor bo'ldilar.

Jumladan, suzish bo'yicha bo'lib o'tgan bahslarda terma jamoamiz azolari 13 ta oltin, 7 ta kumush va 11 ta bronza medaliga ega bo'lgan bo'lsalar, suvga sakrash bahslarida vakillarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan taqdirlandilar.

SHu tariqa, to'rt kunlik musobaqalarning yakunlariga ko'ra jami 14 ta oltin, 12 ta kumush va 14 ta bronza medaliga sazovor bo'lgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o'rinda boryapti. Birinchi o'rinni Yaponiya terma jamoasi band etib turgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Xitoy vakillari egallashgan.

13 sentyabrdan suv sporti turlarining yosh toifalari bo'yicha o'tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida sinxron suzish bahslari boshlanadi. Mazkur musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.

Ayni kunlarda, shuningdek, poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida suv sporti turlarining yosh toifalari bo'yicha IX Osiyo chempionati dasturidan o'rin olgan suv polosi bo'yicha bahslar ham o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing