So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

24 noy 11:59
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzish. O'zbekiston kubogida yangi nomlar kashf etilyapti + FOTO

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida suzish bo'yicha o'tkazilayotgan O'zbekiston kubogida uchinchi kungi musobaqalar yakuniga etdi.

SHu kuni ishtirokchilar 100 metr masofaga brass va chalqancha, shuningdek, 400 metrga erkin va 4x100 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida o'z iqtidorlarini namoyish etdilar.

Avvalo shuni takidlash joizki, navbatdagi kungi bahslar ham murosasiz ruhda kechdi. Etiborlisi, uchinchi kungi bahslarda ham yangidan-yangi nomlar kashf etildi.

Bevosita endi uchinchi kungi bahslarning natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, 100 metr masofaga brass usulida suzishda erkaklar orasida jizzaxlik Vladislav Mustafin marraga birinchi bo'lib etib keldi. Ushbu musobaqada Respublika oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi Iskandar Sadullaev ikkinchi, andijonlik Timur Yazikov uchinchi o'rinni egalladi.

Xuddi shu masofaga chalqancha usulda suzish bo'yicha bo'lib o'tgan musobaqada toshkentlik Aleksey Tarasenko oltin medalga sazovor bo'ldi. Andijonlik Mahmudshox Qodirov kumush, sirdaryolik Mixail Kleshko esa bronza medali bilan taqdirlandi.

400 metr masofaga erkin usulda suzishda erkaklar orasida Navoiy viloyati vakili Olimjon Odilov, ayollar o'rtasida esa Respublika oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi Anastasiya Zelinskaya shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.

Va nihoyat, 4x100 metr masofaga erkin usulda suzish musobaqasida erkaklar va ayollar o'rtasida g'oliblik Navoiy viloyati jamoasiga nasib etdi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqada ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda Toshkent shahri va Andijon viloyati jamoalari band etishgan bo'lsa, xotin-qizlar musobaqasida andijonliklar kumush, poytaxtlik sportchilar esa bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing