So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

02 iyu 15:22
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzuvchilarimiz Bolgariyadagi musobaqada 7ta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  Suzish
O'zbekistonlik yosh suzuvchilar Bolgariya poytaxti Sofiya shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotganliklari haqida xabar bergandik.

III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar uchun reyting ochkolari taqdim etadigan musobaqada O'zbekiston, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xorvatiya, Litva, Germaniya, Bolgariya kabi mamlakatlardan 370 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Quvonarlisi, suzuvchilarimiz turnir davomida umumiy hisobda 7ta medal qo'lga kiritishdi.

Hamyurtlarimizdan Aleksey Sidorchuk 50 metr brass usulida suzish bahslarida 3-o'rin, Ahmadjon Umurov 100 metr erkin usulda 2-o'rin sohibi bo'ldi. Qizlarimizdan esa Yulduz Qo'chqorova 100 metrga chalqancha usulda suzishda 2-o'rin, 50 metrga chalqancha suzishda esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Natalya Kritinina erkin usulda 50 metr masofaga suzish bahslarida 3-pog'onadan joy oldi. SHuningdek, 50 metrga batterflyay suzish bo'yicha Mirsaid Mirzoidov ikkinchi bo'ldi. 50 metrga erkin usulda suzish bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida Muhamedjan Abdijalilov uchinchi pog'onadan joy oldi.

Musobaqa davomida sportchilarimiz o'zlari uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini ishlab oldilar. Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) 3 avgust kuni yo'llanma egalari ro'yxatini malum qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing